Özbek olimi Oybek Kimsanboyev Rossiya paxta loyihasi muallifiga aylandi. Şu yilning özidayoq 1000 gektar maydonda rus paxtasi yetiştiriladi. Bu esa yaqin orada Rossiya uşbu mahsulotni import qilişdan voz keçişiga sababçi bölişi ham mumkin. «Oçiq Osiyo onlayn» Rossiyada paxta plantatsiyalarini qanday qilib yaratganini hikoya qilib bergan Oybek Kimsanboyev bilan suhbatlaşdi.

– Oybek, Rossiyada paxta yetiştiriş ğoyasi xayolingizga qanday qilib kelib qoldi?

– Bu ğoya menda 20 yilça muqaddam tuğilgan, öşanda men Özbekiston paxta seleksiyasi va uruğçiligi ilmiy-tekşiriş institutida yoşgina qişloq xöjaligi fanlari nomzodi edim. Öşanda biz geografik uzoq şaroitlarda paxtaning ultratezpişar navlarini yaratiş ustida iş olib borayotgan edik. 2006 yilga kelib biz jahon paxta maydonlarining «şimoliy kengliklari»da ekiş uçun yaroqli seleksiya materiali sifatida işlatiş mumkin bölgan tayyor liniyalar va gibridlarga ega edik. Bunga misol tariqasida — «Surxon-9» ingiçka tolali paxta navini keltiriş mumkin, uning asosida barça «Surxon» navlari yaratilgan.

Foto: OpenAsia 

Tadqiqot uçun material tayyor edi, lekin u 2013 yilgaça «konservalangan» holatda yotdi! Şu vaqtda men Rossiyaga keldim va öz tadqiqotlarimni davom ettirişga qaror qildim, boz ustiga izlanişlarimiz bilan ançadan buyon ham rossiyalik, ham ğarb mutaxassislari qiziqişayotgan edi. Öşanda mening işim yangi interpretatsiyaga ega böldi: biz şunçaki materialimizni sinovdan ötkaziş bilangina çeklanib qolmasdan, yanada olğa borişga — rossiyalik hamkasblarimiz bilan jahon paxtaçiligining eng şimoliy nuqtasini topiş va yangi nav yaratiş uçun material ajratib olişga kirişdik.

– Yangi tadqiqotlaringizda qanday muammolarga duç keldingiz yoki kelmoqdasiz?

– Rossiya şaroitlarida qanday navlarni ekiş mumkin va lozim? U yoki bu navlardan qanday natijalar kutsa böladi? Garçi ötgan 5 yil içida 100 dan ortiq nav va 50 dan ortiq yovvoyi va yarimyovvoyi turlarni örganib çiqqan bölsak-da, bu savollar doim oldimizda köndalang bölaveradi. Şu bilan birga muammo ham paydo bölmoqda: RFning turli oblastlari va hududlari uçun yetiştirişning turli texnologiyalari zarur. Bu haqda mahalliy mansabdorlarga gap oçsang, ular taajjublana, eng yomoni ğazablana boşlaşadi. Şunda men paxta ham ğalla, makkajöxori va kungaboqar singari ösimlik ekanligi, turli navlar turliça kelib çiqişga ega ekanligini şoşilmasdan tuşuntiraman. Ğöza boşqa ösimliklarga qaraganda turliça xromosomalar töplamiga ega va bu turliça irsiy özgariş degani. Beş yil muqaddam Volgogradga kelib, paxta bilan şuğullanaman, deganimda heç kim menga işonmagan edi. Ustiga ustak, köpçilik bu yerda paxta ösişi mumkin emasligini ta'kidlagan edi!