Fermer xöjaligi yuritiş uçun fuqarolarga yer uçastkalari ajratiş tartibi Yer kodeksi, Fermer xöjaligi töğrisidagi qonun va Yer uçastkalarini fermer xöjaliklariga uzoq muddatli ijaraga beriş tartibi töğrisidagi nizomi asosida amalga oşiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Yer kodeksida fermer xöjaliklariga yer uçastkalari:
- oçiq tanlov asosida;
- öttiz yildan ellik yilgaça bölgan muddatga;
- zaxira yerlari yoki qişloq xöjaligiga möljallangan yerlardan ajratilişi nazarda tutilgan.
Fermer xöjaligi yuritiş uçun yer uçastkasining ölçami yer uçastkasini beradigan organ tomonidan har bir muayyan holatda mahalliy şaroitlarni, şuningdek fermer xöjaligida işlovçilar sonini hisobga olgan holda belgilanadi.
Yer uçastkalarini fermer xöjaliklariga uzoq muddatli ijaraga beriş tartibi töğrisidagi nizomga köra, fermer xöjaligi yuritiş uçun yer uçastkasini olişda fermer xöjaligi taşkil etilayotgan joyda yaşovçi şaxslar, şuningdek, tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi tuman (şahar) kengaşining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bölgan yoş fuqarolar boşqa teng şaroitlarda ustuvor huquqdan foydalanişi belgilangan.
Fermer xöjaliklariga yer ajratiş fermer xöjaligining ma'lum bir faoliyat yönalişga ixtisoslaşganini inobatga olgan holda amalga oşiriladi. Xususan, çorvaçilik mahsulotlari yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjaligi xöjalikning biznes rejasida nazarda tutilgan kamida 30 şartli boş çorva mollarini boqiş şartlari bilan taşkil etiladi.
Bunda fermer xöjaligiga beriladigan yer uçastkalarining eng kam ölçami har bir şartli boş çorva moliga hisoblanganda:
Andijon, Namangan, Samarqand, Toşkent, Farğona va Xorazm viloyatlaridagi suğoriladigan yerlarda – kamida 0,30 gektarni (nasldor çorvaçilik fermer xöjaliklari uçun 0,5 gektarni);
Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Qaşqadaryo, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi suğoriladigan yerlarda – kamida 0,45 gektarni (nasldor çorvaçilik fermer xöjaliklari uçun 0,6 gektarni);
suğorilmaydigan (lalmikor) yerlarda – kamida 2 gektarni taşkil etadi.








