Ramazonning birinçi haftaligini yakunlaş arafasidamiz. Kunlar tez ötib ketdi. Bu orada masjidlarda xatmlar boşlandi, tarovehlar öqilyapti, iftorliklar qilinyapti. Ha, darvoqe iftorliklar... Bugunga kelib haşamvozlik illati qon-qonimizga singib ketgan millatimiz uçun har qanday işning asl mohiyati va mazmuni yöqolgandek, muhimi haşam va odamlar körsinga bölib qoldi. Bir voqea bu fikrimni yanada mustahkamladi.
Bir döstimizning iftorlik dasturxonida böldim. Öz qarindoşlari, qöni-qöşni va yaqin döstlaridan iborat ziyofat. Oğiz oçildi, taomlanildi. Suhbat böldi, xullas, ajoyib iftorlik ötdi. Soat töqqizga yaqinlaşişni boşlagaç, duoga qöl oçildi, tarovehga boriş kerak. Mahallam uzoqligi uçun bir tanişimning maşinasiga çiqib oldim, salonda yana uç çoğli kişi ötirardi. Ularni tanimadim. Maşina joyidan jildi.
- Ajoyib, iftorlik böldi-a? Alloh rozi bölsin, - deb gap boşlab qoldi tanişim.
Şu savol berildi-yu, maşina içida ötirganlardan ikki nafarining “dil qulfi” oçilib ketdi. Ular dasturxondagi kamçiliklardan tortib, salatning şör bölgani, qoşiq yetmay qolgani, falonçining iftorlik dasturxonida banandan tortib, “falon” salatgaça bölgani, “perviy, vtoroylar”ni-ku gapirmasa ham bölişligini, iftorlikka tarqatilgan nonlar oddiy emas, maxsus patirlar ekanligini hikoya qila ketişdi. Uyimga yetmasdan tuşib qoldim, havo yetişmadi maşina içida.
Bu gaplarni ayollardan eşitganimda ham xafa bölmasdim, “ayolligiga bordi-da”, deb qöya qolardim. Ammo ğiybatni erkak lafzidan çiqişi uyatli, isnodli va jirkanç eşitilar ekan. Bundan taşqari, hozirgina non-tuzini yeb çiqqan xonadon sohibini ayblaş, “pastlik qilibdi-da”, deb baholaş, bilmadim, qaysi insoniy qonuniyatga töğri kelar ekan. Döstimga ham qoyil qolmadim, iftorlikka haqiqiy rözadorlarni, haqiqiy mömin-musulmonni çaqirmaysanmi? Ungayam qiyin, çaqirsa bir gap, çaqirmasa ming gap...
Iftorlik özi nima? Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Bir kişi bir rözadorga bir dona xurmo yoki bir qultum suv, yoxud ozgina sut bergan bölsa, Alloh u kişini savob bilan siylaydi”, deb marhamat qilgan ekanlar.
Hazratimiz Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari iftorlik mavzusiga töxtalar ekanlar, jumladan, şunday deydilar: “Ramazon oyida iftorlik marosimi qilib rözadorlarni töydiriş yaxşi iş. Ammo boşqa xayr-u ehsonlar kabi bu marosim ham şariatda aslida beva-beçora, miskin-faqirlarni közlab joriy qilinganini unutmaslik kerak.
Iftorlik marosimi qiliş heç kimga farz ham emas, vojib ham emas. Bizda, ayniqsa yaqin qarindoşlari olamdan ötgan odamlar, nima qilib bölsa ham kattaroq iftorlik qilişga, köproq odam çaqirişga urinadilar. Öziga töq va puldor odamlar ehtimol iqtisodiy qiyinçilikka uçramaslar, ammo kambağal kişilar özlarini, bola-çaqalarini qiynaş evaziga iftorlik qilişlari heç şariatga töğri kelmaydi. Iftorlik qilib boy-badavlat, kazo-kazolarni iloji boriça aytib faxrlaniş, beva-beçora, miskin-faqirlarni aytmaslik esa mutlaqo Islom şariati ruhiga töğri kelmaydigan işdir.











