O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirishva qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini imzoladi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 26 iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 28 iyunda ma'qullangan. Hujjat matni “Xalq so‘zi” tomonidan keltirildi.

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

1) 64-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:

a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil;

b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — to‘rt yil;

v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil;

g) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab —

o‘n to‘rt yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi”;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas”;

yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150–157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 160, 161 va 244-2-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi”;

2) 69-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi: