Lev Tolstoyning “Anna Karenina” romanida: “Barça baxtli oilalar birday baxtli, baxtsiz oilalar esa öziça baxtsiz” iborasi bor. Iqtisodiyotda ham ana şu maşhur iboraga asoslangan “Anna Karenina tamoyili” mavjud. Xöş, bizning baxtimiz nimada, baxtsizligimiz nimada? Bu savol barçani birdek öylantirişi tabiiydir. Bizning baxtimiz, albatta, jannatmakon yurtimiz va jannatmonand insonlarimizdir. Ma'lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizning mineral xomaşyo zaxiralari 5,7 trln. dollarga baholanmoqda. Ammo bizning baxtsizligimiz mavjud tabiiy, iqtisodiy resurslardan yetarliça samarali foydalana olmayotganligimizda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi dunyo amaliyotida iqtisodiyotning “golland kasalligi” kabi salbiy holatlar mavjudligidan darak beradi. Quyida sizu biz ogoh bölişimiz lozim bölgan mazkur salbiy holat töğrisida qisqaça töxtalib ötamiz.
“Golland kasalligi” biz öylaganimizçalik oddiy tuşunça emas. “Golland kasalligi” tuşunçasi birinçi marotaba 1977 yilning noyabr oyida Economist jurnalida keltirib ötiladi. Mazkur tuşunçaga izoh berilar ekan, Gollandiyada tabiiy gaz qazib olişning köpayişi iqtisodiyotning boşqa sohalarida işlab çiqariş sur'atlarining pasayişiga olib kelganligi aytib ötiladi. Hamma gap şundaki, Sloxterendan unça uzoq bölmagan Groningen provinsiyasida “zangori olov”ning yirik koni oçiladi. Aynan, şu sababli ham mazkur tuşunçaning “Groningen samarasi” degan boşqa nomi ham mavjud.
Biroq iqtisodiyotning “golland kasalligi” bizni uzoq XVII asrning boşlariga Gollandiya davlatiga öziga xos “sayohat” qilişga yetaklaydi. Öşa davrda Gollandiyada aholining aksariyat qismi lola yetiştiriş bilan şuğullanar edi. Bu paytda Yevropada lolaga talab kun sayin ösib borar, uning yangi navlari narxni yana ham ösişiga sabab bölar edi. Buning natijasida lola biznesi boşqa bizneslarga nisbatan bir munça foydali bölib qoldi, ba'zi hollarda, lola piyozi gollandiyalik fuqaroning örtaça yillik daromadidan qariyb olti marotaba yuqori narxlarda sotilar edi. 1636 yilda lola piyozlari mamlakatning turli şaharlaridagi birjalarda sotila boşladi. Ammo 1637 yilning kirib kelişi bilan vaziyat mutlaqo boşqaça tus oldi. Lola va lola piyozlariga qiziqiş söndi va şuning bilan bir qatorda lola piyozlariga mayda zararkunandalar ziyon yetkazib, tovar sifati pasayib ketdi. Bularning barçasi mamlakat iqtisodiyoti uçun jiddiy ziyon keltirdi: iqtisodiyotning köplab sohalari öz holiga taşlab qöyilgani oqibatida, ularni oyoqqa turğaziş uçun jiddiy boş qotiriş kerakligi ayon bölib qoldi.
Xöş, bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida “golland kasalligi”ning belgilari bormi?
Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasining ma'lumotlariga köra, Özbekiston taşqi savdo aylanmasi yanvar-iyun oylarida 17,7 mlrd AQŞ dollarini, şu jumladan, eksport 7,8 mlrd va import 9,9 mlrd dollarni taşkil qilgan. Yarim yil davomida taşqi savdo aylanmasi saldosi minus 2,1 mlrd dollarni taşkil etdi. Eksport tarkibida energiya manbalari va neft mahsulotlari ötgan yilning şu davriga nisbatan 78,5 foizga ösişi tabiiy gazning 1,9 martaga oşgani hisobiga töğri kelmoqda. Tabiiy gaz eksporti joriy yilning birinçi yarim yilida 1139948 ming dollarni taşkil etdi. Bugungi kunda “Özbekneftegaz”ning mamlakatimiz Yalpi içki mahsulotidagi uluşi qariyb 15 foizni, davlat byudjyeti daromadlarining beşdan bir qismi mazkur kompaniya faoliyati hisobiga şakllanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda yiliga qariyb 70 milliard kubometr tabiiy gaz va 8 million tonnaga yaqin suyuq uglevodorodlar qazib olinadi. Biroq uglevodorodlar qazib oliş yildan yilga kamayib borayotganligini ta'kidlab ötiş lozim. Iqtisodiy xavfsizlikning jahonda qabul qilingan me'yorlari böyiça mamlakat milliy daromadining tabiiy resurslarni sotiş evaziga şakllanadigan qismi 20 foizdan oşadigan bölsa, bu mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy ta'sir körsatişi körsatib ötilgan. Xöş, iqtisodiyotimizda mana şunday salbiy holatlarning vujudga kelmasligi uçun nima qilişimiz kerak?
















