Bugun qay bir özbek xonadoniga kirib bormaylik, davra törida, albatta, turmuşning oğir sinovlarini katta maşaqqat va metin iroda bilan yengib ötib, ayni damda keksalik gaştini surayotgan, har işda bizga ibrat va namuna bölgan nuroniylarni köramiz. 

Töğri-da, inson yoşi ulğaygaç, mehnatiga yaraşa rohatini ham körişi kerak. Şu bois özbek xonadonida keksalar doimo tördan joy olsa, yoşlar poygakda xizmatga şay turişadi. “Oltin olma, duo ol” naqlining mazmun-mohiyatini yaxşi biladi hozirgi avlod.

Foto: nuroniy.uz

Darvoqe, keksalar qaçon hayotdan rozi böladilar?

Qaçonki, yurt tinç bölsa, farzandu nabiralar kamolidan köngillar töq bölsa. Keksa avlod munosib xizmat qilgan jamiyat ularni ardoqlasa. Yoşlar bobo-yu momolar pandu nasihatiga quloq tutib, şu aziz Vatan ravnaqi uçun jon kuydirişsa, fidoyilik körsatişsa.

Bugun yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlar jarayonida, şubhasiz, katta avlodning ham alohida örni bor. Xususan, prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.

Ma'lumki, uşbu Farmonning 4-bandida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari 2017 yil 1 sentabrgaça har bir tuman va şaharda, qoidaga köra, madaniyat va dam oliş istirohat boğlari hududida “Nuroniylar maskani” majmualari foydalanişga topşirilişini ta'minlaşi, maskanda “Nuroniy” jamğarmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri, şuningdek, tuman (şahar) bölimlari faoliyat körsatişi belgilangan. Şu bilan birga, maskanlarni qurişda boy kitob fondiga ega kitobxonlar zali, şaxmat, şaşka va dam oliş xonasi, keksalar uçun maxsus trenajyorlar bilan jihozlangan davolaş-jismoniy tarbiya zali, oşxona, tibbiy xona taşkil etiş hamda majmuani zarur mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlaş nazarda tutilgan. Demak, farmonga köra, ötgan yili yurtimizning barça tuman va şaharlarida “Nuroniylar maskani” foydalanişga topşirilişi şart edi.

Farmon ijrosi ta'minlangan tuman va şaharlardagi madaniyat va dam oliş istirohat boğlariga kirsangiz, uzukka köz qöygandek yaraşib turgan, milliylik va zamonaviylik özaro uyğunlaşgan gözal, körkam maskanlarni körib, dil yayraydi. Ijro ta'minlanmagan tuman va şaharlardagi holat esa köngilni xira qiladi.