Har qanday dardni yengish mumkin, eng asosiysi - xohish bo‘lishi kerak
Salamat Salmorbekova atigi 17 yoshda, ammo yosh bo‘lishiga qaramay, u hayot va o‘lim o‘rtasida bo‘lishga ulgurdi. Uning buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan to‘laqonli hayotga qaytishning uddasidan hamma ham chiqa olmayotgan edi. Qizning omadi keldi – Turkiyaning “Acıbadem” shifoxonasi shifokorlari unga salomatligini qaytardi.
“Acıbadem” klinikasi haqida tasodifan bilib qoldik
Salamat Qirg‘izistonda tug‘ilib ulg‘aydi. Uning oilasi Bishkekda yashaydi, o‘sha yerda maktabni tugatdi. Buyraklar muammolari oldindan bo‘lgan, vaqti-vaqti bilan og‘riqlar kuchaygan, shunda u kasalxonaga yotishga majbur bo‘lgan. Oxir-oqibat faqat unga gemodializ - sun'iy buyrak yordam bergan. Bu dializ markaziga to‘liq bog‘lanib qolishni bildirar edi, muolajani o‘z vaqtida olmaslik esa o‘limga olib kelishi mumkin edi.
Kasalxonaga u onasi bilan birga yotgan. Bo‘limning barcha bemorlarida bitta muammo - surunkali buyrak yetishmovchiligi deb ataladigan xastalik bo‘lgan. Undan faqat kasallangan buyrakni sog‘lomiga almashtirish orqali qutulish mumkin edi. Lekin murakkab operatsiyani qayerda bajarish mumkin, kim yordam berishi mumkin?
«Bur kuni taqdir bizlarni huddi biz kabi navbatdagi dializ muolajasini olayotgan va Turkiyada davolanishni davom ettirmoqchi bo‘lgan bemor ayol bilan tanishtirib qo‘ydi. «Biz juda ko‘p o‘yladik va bir to‘xtamga kelishga qiynaldik» – deydi Salamatning onasi. «Lekin umidni yo‘qotmoqchi emas edik, yangi tanishlarimiz bilan aloqani saqlab turishga qaror qildik».
Ko‘p o‘tmasdan ular haqiqatdan ham Turkiyaga jo‘nab ketdilar. Qirg‘izistonga baxtiyor bo‘lib qaytib keldilar – operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, ularning qizi o‘zini ajoyib his qilar edi. «Nimaga vaqtni cho‘zayapsiz?» – derdi bizga uning onasi. «Qirg‘izistonda “Acıbadem” klinikasining vakili bor, u hammasini tushuntirib, yordam beradi.»
«Bizga haqiqatdan ham barcha masalalarda yordam berishdi va tez orada davolash muassasasining ostonasidan o‘tdik, o‘ylaymanki, o‘z sog‘lig‘ini qaytarmoqchi bo‘lgan barcha insonlar bu shifoxona haqida bilishi kerak».
Kasallik og‘ir, lekin uni yengish mumkin
“Acıbadem” xoldingi organ transplantatsiyasi koordinatori Kasim Okan Anikning bo‘limdagi ish staji 10 yilni tashkil qiladi. U bu holni mana bunday izoh etdi:
“Bugungi kunda Turkiyaning o‘zidagina 56 ming kishi buyraklar bilan jiddiy muammolarga ega. Ishonchim komilki, ularning barchasi har kuni Allohdan ularni og‘ir darddan xalos etishini so‘rab iltijo qiladilar. Salamat ulardan biri, lekin uning omadi keldi – u baxtli bemorga aylandi.”
Sevgi Shaxin, ”Acıbadem” klinikasi shifokori
Buyraklar organizm uchun juda muhim vazifani bajaradi – shlaklarni chiqarib yuboradi. Agar ularning ishi buzilsa, zaharlanish boshlanadi va odam o‘ladi. Yaqin-yaqinda buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan odamlar kasallik oxirgi bosqichiga o‘tganida o‘lishi aniq edi. Axir buyrak oddiy organ emas, uning o‘rnini faqat cho‘ntakka solib hamma yerda olib yurish mumkin bo‘lmagan murakkab apparatura bilan yoxud yangi, sog‘lom organ bilan almashtirish mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak tomonidan unga yuklangan vazifalarni bajara olmaslik 5 ta bosqichdan iborat. Eng xavflisi 5-chi – oxirgi bosqichi. U boshlanishi bilan buyrak atigi 12 foizga ishlaydi, bu holda davolanish ikki turda – dializ yoki transplantatsiya ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ikkinchi variant yaxshiroq, chunki odam to‘laqonli hayotga qaytadi, davolash muolajasiga bog‘langanligi yo‘qoladi.
Remzi Emiroglu, “Acıbadem” klinikasi shifokori
Buyrak transplantatsiyasi – bu hayot sifatini yaxshilash, uning davomiyligini oshirish imkoni. Donordan buyrakni olish uchun laparoskopiya metodidan foydalaniladi. Operatsiya kam jarohatli, qorin sohasida kichik kesishlar yo‘li bilan o‘tkaziladi, taxminan 1,5-2 soat davom etadi.
Bemorga donor organini o‘tkazish taxminan 2-3 soat oladi, umumiy anesteziya ostida bajariladi. Buyrak to‘liq ishlashni boshlashdan oldin bemor gemodializ seanslarini oladi. Kateter odatda uch kundan so‘ng olib tashlanadi. Agar sog‘ayish jarayoni me'yorda kechsa, unda 4-5 kundan keyin bemorga javob beriladi.
“Acıbadem” klinikasi shifokorlariga rahmat
Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan operatsiyadan so‘ng Salamat Salmorbekovaning onasi klinikaning tibbiyot xodimlariga o‘zining g‘oyat katta minnatdorchiligini bildirish uchun o‘zida so‘z topa olmadi.
A'lo darajali parvarish, ajoyib munosabat, shinam palatalar – bularning barchasi uning qizi sog‘ayib ketishiga yordam berdi. Qizi bundan keyin gemodializga bog‘lanib qolmaydi, jarrohlarning mohir qo‘llari tufayli u me'yordagi hayotiga qaytdi.
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun O‘zbekistondagi Acıbadem ofisiga murojaat qiling:
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li mavzesi, 19 uy.
Telefon: +99895 144 54 45
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:01 / 05.02.2019
Tug‘ma yurak kasalligi tashxisi qanchalik tez qo‘yilsa, davolash shuncha osonroq bo‘ladi
09:00 / 15.01.2019
Odam papillomasi virusi haqida nimalarni bilish zarur? Acıbadem shifoxonasi professoridan muhim tavsiyalar
09:00 / 03.12.2018
Siydik pufagi saratonining oltita muhim alomati
10:00 / 08.10.2018