Deyarli har kuni respublika böylab turli çegara-bojxona postlarida bojxona çegaralari orqali tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib ötilişiga doir köplab bojxona qoidabuzarliklari foş qilinmoqda. Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati aniqlangan holatlarning ayrimlariga doir xronikani Kun.uz’ga taqdim qildi.
Toşkent xalqaro aeroporti. Respublikadagi barça xalqaro aeroportlarda bölgani kabi mamlakatning boş havo darvozasida ham bojxonada joriy qilingan ikki yölakli tizim qulayliklaridan kimdir oqilona foydalanayotgan bölsa, yana kimdir...
“Toşkent-AERO” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi va “Toşkent xalqaro aeroporti” çegara-bojxona posti xodimlari naqd xorijiy valyutalar va zargarlik buyumlarining havo yöllari orqali noqonuniy olib ötilişiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatlarini foş etişdi.

Jumladan, Istanbulga parvozi oldidan «Toşkent» xalqaro aeroportining umumiy uçib ketiş zalidagi «qizil» yölak orqali harakatlangan fuqaro P.A.ning qöl sumkasi bojxona körigidan ötkazilganida, unda ruxsat etilgan me'yor – 5 ming AQŞ dollaridan ortiqça bölgan va yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan, qolaversa bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida ham ma'lum qilinmagan 4625 AQŞ dollari yaşirilganligi aniqlandi.
Eslatma: Özbekiston Respublikasi fuqarolari, Özbekiston Respublikasida doimiy yaşaş joyiga ega bölgan çet ellik fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarga 5 000 AQŞ dollariga teng yoki undan oşmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatgan holda erkin olib çiqib ketişlariga ruxsat etiladi.
2000 AQŞ dollari va undan ortiq bölmagan ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalarni olib çiqişda esa ularni yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatiş talab etilmaydi. Belgilangan summadan ortiqça naqd xorijiy valyutani olib çiqib ketiş uçun tegişli bank ruxsatnomasi talab etiladi.
“Qizil” yölak orqali harakatlanib, bojxona qoidabuzarligini sodir etgan şaxslardan yana biri – fuqaro M.S.dir. “Istanbul-Toşkent” aviareysi bilan uçib kelgan uşbu şaxs qöl yuki va bagajlariga yaşirgan holda qiymati salkam 30 mln. sömlik, 1,9 kg.dan ortiq oğirlikdagi kumuşdan yasalgan taqinçoqlarni noqonuniy ravişda olib kirişga uringan paytda töxtatib qolindi.

Eslatma: Respublikamizga ayrim turdagi tovarlarni bojsiz olib kirişning çeklangan me'yorlariga köra, qimmatbaho metall va qimmatbaho toşlardan yasalgan zargarlik buyumlari – 65 gr.gaça olib kirişga ruxsati etiladi.
Samarqand xalqaro aeroporti. “Vnukovo-Samarqand” yönalişidagi aviareys bilan uçib kelgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi N.M. bojxona nazoratidan ötişda “yaşil yölak” orqali harakatlanar ekan, bu bilan u bagaj va qöl yuklarida Özbekiston Respublikasiga olib kiriş me'yorlaridan ortiqça tovarlar yöqligini ma'lum qiladi.
Aslida-çi? Bojxonaçilar tomonidan töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirilganida, uşbu şaxs “yaşil” yölak bergan imkoniyatlarni suiiste'mol qilgani ma'lum böldi.
Ya'ni, unga tegişli sumkada bojxona nazoratidan yaşirinça olib ötiş möljallangan, qiymati dastlabki hisob-kitoblarga köra taxminan 5 mln. sömlik 10 turdagi atirlar borligi ma'lum böldi.

Raqamlar: Joriy yil boşidan buyon “Samarqand aeroporti” çegara bojxona postida qiymati 14,1 mln. sömlik 1194 dona parfyumeriya vositalarining noqonuniy olib kirilişining oldi olingan.
Eslatma: Amaldagi tartiblarga köra jismoniy şaxslar tomonidan respublikamizga bojxona çegarasi orqali 3 donagaça atir va atirsimon suyuqliklarni bojsiz olib kirişga ruxsat etiladi.
Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi. Boşqarmaning Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi tezkor xodimlari tomonidan olingan ma'lumot asosida Toşkent viloyati IIB YXXB vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida quyidagi holat bartaraf etildi.

Ğiştköprik YPX maskanida fuqaro T. A. ga tegişli bölgan qöl yuklari töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirilganida, qora rangli paketlarga solingan xorijiy davlatlarda işlab çiqarilgan, heç qanday hujjatlari bölmagan 3 turdagi umumiy qiymati salkam 2,7 mln. sömlik 185 dona pivo içimliklari borligi aniqlandi. Uşbu mahsulotlar muqaddam taşmaçilar yordamida mayda-mayda miqdorlarda qayta sotiş maqsadida olib kirilgan ekan.
Raqamlar: 2018 yilning ötgan davri mobaynida Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 23ta bojxona qoidabuzarliklari natijasida qiymati salkam 76 mln. bölgan salkam 4475 litr spirt va alkogolli içimliklarning noqonuniy olib ötilişiga çek qöyilgan.
Eslatma: Amaldagi tartiblarga köra respublikamizga bojxona çegara postlari orqali 2 litrdan oşmagan miqdorda alkogol mahsulotlari, şu jumladan pivo olib kirişga ruxsat etiladi.
Namangan viloyati bojxona boşqarmasi. “Kosonsoy” çegara bojxona postida Qirğiziston Respublikasidan yurtimizga kirib kelgan fuqaro S.D.ning bezovtalanişi bojxona xodimlarida bejiz şubha uyğotmagan ekan.

Belgilangan tartibda va xolislar iştirokida uşbu şaxsning qöl sumkasi közdan keçirilganida, unda bojxona xodimlarining oğzaki sörovida ham, yölovçi bojxona deklaratsiyasida ham ma'lum qilinmagan, qiymati 5,5 mln. sömlik, xorijda işlab çiqarilgan 6 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Eslatma: 2018 yilning 1 iyulidan boşlab, qöşni davlatlardan telefon apparati, şu jumladan qöl telefonlarini bojxona tölovlarini tölamay, 1 kalendar oyida çegarani birinçi marotaba kesib ötayotganda faqat 1 donadan olib ötilişi mumkin.
Toşkent şahar bojxona boşqarmasi. “Boş poçtamt” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari Rossiya Federatsiyasidan poytaxtimizda istiqomat qiluvçi fuqaro nomiga yuborilgan poçta jönatmasini bojxona körigidan ötkazişganida, jönatmada deklaratsiyada körsatilmagan 99 dona zanglagan qadimiy tangalar borligi aniqlandi.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boşqarmasining ekspertiza xulosasiga köra mazkur tangalar madaniy boylik ekanligi ma'lum böldi. Mirobod tumani ma'muriy işlar böyiça sudi qaroriga asosan böyiça madaniy boylik deb topilgan mazkur tangalar davlat egaligiga ötkazildi.
Eslatma: Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasidan madaniy boyliklarni olib çiqiş va olib kirişni tartibga soliş töğrisida” 1999 yil 23 martdagi 131-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga köra, numizmatika aşyolari, ya'ni tarixiy tangalar ham madaniy boyliklarga taalluqli aşyolar toifasiga kiritilgan. Uşbu hujjatga köra, xorijiy fuqarolar va boşqa şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasiga olib kiriladigan madaniy boyliklar tegişli bojxona hujjatlarida körsatilişi kerak.
Şuningdek, mazkur post xodimlari poytaxtimizda istiqomat qiluvçi fuqaro nomiga Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan poçta jönatmasini belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazişganda, bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan, ov qurollari uçun möljallangan salkam 10 kg. oğirlikdagi 1315 dona böş gilzalar yuborilganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi barça holatlar yuzasidan tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Davlat bojxona qömitasi. Kontrabanda va bojxona qonunbuzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi. Unga köra, joriy yilning iyun-iyul oylarida Toşkent şahar bojxona boşqarmasi “Boş poçtamt” TIF bojxona posti “Xalqaro poçtamt” filialiga Buyuk Britaniya va Gollandiya davlatlaridan Samarqand şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro L.D. nomiga giyohvandlik vositalari kelgani aniqlandi.
Bojxona xodimlari kalavaning uçini topiş maqsadida arqonni uzun taşlaşdi hamda tegişli poçta jönatmalarini Samarqand şahar poçta xizmatiga topşirib, fuqaro L.D.ni tezkor kuzatuvga olişdi. Natijada, fuqaro L.D. poçta xizmatidan özining “sovğa”larini qabul qilib olayotganida bojxonaçilar tomonidan uyuştirilgan kutilmagan “sovğa”ga duç kelib qoldi.

Şundan söng fuqaro L.D.ning uyi xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uşbu xonadonda umumiy miqdori 84,4 gramm bölgan har xil turdagi giyohvandlik moddalari va gul tuvakka ekilgan “marixuana” ösimligi borligi aniqlandi.
Buzoqning yugurgani somonxonagaça, deganlaridek fuqaro L.D.ning kirdikorlariga bojxonaçilar tomonidan öz vaqtida çek qöyildi.
Hozirgi kunda uşbu holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari amalga oşirilyapti.











