Jizzax viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida, soxta hujjatlar asosida içki bozorda sotib yuborilgan bir qator transport vositalari foş qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Ya'ni, GM Uzbekistan AJ tomonidan işlab çiqarilgan va muqaddam qöşni davlatga eksport qilingan 20 dona turli rusumdagi transport vositalari içki hududda noqonuniy ravişda sotib yuborilgan va içki işlar organlarida soxta ma'lumotlar asosida röyxatga qöyilgani aniqlandi.
Bu holat Jizzax viloyati Içki işlar boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasidan olingan, transport vositalarini röyxatga oliş uçun asos bölgan hisob-ma'lumotnomalarni örganiş davomida aniqlandi.
Jizzax şahri va viloyatning Zomin, Ş.Raşidov, Foriş, Paxtakor, Döstlik, Ğallaorol kabi tumanlarida istiqomat qiluvçi ayrim fuqarolar nomiga rasmiylaştirib yuborilgan uşbu avtomaşinalarga tegişli ma'lumotnomalar Namangan va Asaka şahridagi avtosalonlardan olingan.
Ammo, avtosalon egalari taqdim qilgan ma'lumotnomalar boşqa manzarani namoyon qildi. Ya'ni, hisob-ma'lumotnomalar aslida butunlay boşqa şaxslar nomiga va boşqa turdagi transport vositalari uçun rasmiylaştirilganligi, soxta hisob-ma'lumotnomalarda körsatilgan muhr va ism-şariflar esa soxta ekanligi ma'lum böldi.
Şuningdek, tergovga qadar tekşiruv davomida yuqoridagi avtotransport vositalarining 3tasi allaqaçon jinoyat işlari böyiça Jizzax şahar sudining hukmiga asosan davlat egaligiga ötkazilib, kimoşdi savdosi orqali sotib yuborişga ham ulgurilgan. Boşqa 2ta avtotransport vositasi esa ayni paytda Sirdaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining joylardagi bölimlari tomonidan röyxatga olingan.
Şunday qilib, soxtalaştiruvçining özi yoki boşqa şaxs foydalanişi maqsadida muayyan huquq beradigan rasmiy hujjatlarni qalbakilaştirişda ifodalangan mazkur xatti-harakatlarda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomati mavjudligi sababli, mazkur modda bilan jinoyat işi qözğatilib, tegişlilik masalasi hal etiş uçun viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Bu jarayonda jabrlanuvçilar ya'ni, peşona teri evaziga topilgan mablağiga özlari bilmagan holda soxta hujjatlar asosidagi avtomaşinani sotib olgan şaxslar endi nima qilişadi? Hozirça avtomaşinalar öz egalariga tilxat asosida qaytarib berilgan. Ammo, yakuniy sözni sud öz hukmida aytadi.












