“Dena” savdo belgisining yaqindagina tarqalgan “Meva olamiz” mazmunidagi videolavhasini birov körib, birov körmadi. Lekin barçamizni qiziqtirgan va xavotirga solgan ba'zi savollar hali ham oçiqligiça qolmoqda.
U haqiqatan ham tabiiy mevalardan tayyorlarmikan?
Agar şunday bölsa, unga işlatiladigan mevalarning sifati qay darajada?
“Dena” xodimlari-çi, öz mahsulotlari haqida döstlariga nima deyişadi?
“Dena”ga meva sotgan dehqonlar endi “Dena” içişarmikan?
Keling bugun siz bilan birga şu kabi savollarga javob izlab köramiz.
“Dena” haqiqatan ham mevalardan tayyorlanadimi?
“Şubhasiz”, deydi meva ta'minoti böyiça mutaxassis Ahror Mirzayev. “Biz ba'zilar öylaganidek, şarbatni qandaydir kukundan tayyorlaganimizda, 2,5 million kilogramm örik sotib olarmidik?” Bu yilgi rejamiz 20 million kilogramm mevani qayta işlaş, şu jumladan 10 millioni olma, 2 millioni şaftoli.”
Quloqqa çalinadigan gaplardan yana biri - dehqonlar “sok”ka eng yaroqsiz mevalarni arzon narxda sotişlari haqida. Bunga nima deysiz?
“Siz öşa qaysi “sok”ligini ham suriştiring. “Dena” qanday mevalarni olişi, biz bilan işlaydigan dehqonlar orasida yaxşi ma'lum. Oddiy qilib aytganda, biz “aksariyati yuvib, oila davrasidagi dasturxonga qöyilsa, iştaha bilan qöl uzatiş mumkin bölgan mevalarni” talab qilamiz va bunga raqobatbardoş narxlarda haq tölaymiz. Albatta, guruç kurmaksiz bölmaydi. Zavodgaça yetib kelgan iste'molga yaroqsiz mevalar, barglar, şoxlar saralovçi qizlarimiz tomonidan terib taşlanadi. Sir emas, bugungi kunda iş joyimizda an'anaga muvofiq yangi kelgan şaftoli mevalaridan töyib yeyişimiz uçun stolimizga qöyilgan. Mahsulotning sifati doimiy laboratoriya nazoratida.
Şaxsan men öz oilamga va yaqinlarimga, köz öngimda tayyorlangani uçun aynan şu şarbatni ravo köraman, tavsiya qila olaman”.
“Biz “Dena”ni köpçilikning olqişiga sazovor bölgan kompaniyalardan, deb bilamiz. Yaxşi meva olganidan keyin, şarbat ham yaxşi çiqadi. Şuning uçun ham biz “Dena”ga işonamiz deydi” Farğona viloyatidagi boğbonlardan biri Egamberdi Qaxxorov.
Xullas, pişiqçilik mavsumi “Dena”da avjida. Örik va şaftolidan keyin navbat olma, behi va nokka ham yetib keladi. Agar özimizning şirin mevalardan şarbatni könglingiz tusasa, heç ikkilanmay “Dena”ni tanlayvering.










