Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Il-20 voqeasiga qaramasdan Suriyadagi amaliyotlarini davom ettiradi
Isroil Rossiyaning Il-20 samolyoti bilan ro‘y bergan hodisaga qaramasdan Suriya hududida Eronga qarshi harbiy amaliyotlarini davom ettiradi. Bu haqda Isroil Mudofaa vaziri Avigdor Liberman «Kan» radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
17 sentabr kuni Rossiyaning Il-20 rusumli harbiy samolyoti O‘rta Yer dengizi hududida, Suriyaning g‘arbiy qirg‘oqlaridan 37 kilometr masofada «Xmeymim» bazasiga qaytayotganida urib tushirildi. Xuddi shu vaqtda Suriyaning g‘arbiy qirg‘oqlariga Isroilning F-16 rusumli harbiy samolyotlari hujum uyushtirgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, Isroil tomoni Suriyadagi obektlarga hujum haqida hujumdan bir daqiqa avval ogohlantirish bergan. Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, hududdagi Isroil samolyotlari Il-20 samolyoti ortiga bekinib, uni Suriya harbiy-havo hujumidan mudofaa tizimi zarbasiga ro‘baru qilgan. Natijada Il-20 bortidagi 15 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.
Libermanning bayonoti OAVda Rossiya Suriya osmonida harakatlanishni cheklab qo‘yishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlar fonida berildi.
«Biz qanday harakat qilib kelgan bo‘lsak, shunday harakatlanamiz. Hech narsa o‘zgarmaydi. Siyosatimiz shunday.
Biz Eron Suriyani Isroil davlati yonginasidagi bazasiga aylantirishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz o‘z harakatlarimizni imkoniyatlarimiz va vositalarimiz qachongacha yetsa, o‘shangacha davom ettiramiz», degan Liberman.
Libermanning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiylari 3 yil avval Rossiya bilan kelishilgan kommunikatsiya mexanizmlariga amal qilgan holda harakatlanishda davom etadi.
Isroil tomoni Il-20 samolyoti halokatida o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmay kelmoqda. Ular bu fojia suriyalik harbiylar «uquvsizlik bilan tartibsiz ravishda o‘t ochishi» oqibatida ro‘y berganini iddao etishmoqda. Rasmiy Tel-Aviv ma'lumotiga ko‘ra, S-200 raketa majmuasi tomonidan Il-20 tomon raketa uchirilganida «F-16 to‘rtligi» allaqachon o‘z havo kengliklariga qaytib bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:30 / 08.06.2026
Tramp: Netanyahu Eron bo‘yicha har qanday kelishuvni qabul qiladi
09:20 / 08.06.2026