Jahon | 10:13 / 24.09.2018
5286
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Armanistonda hokimiyatning o‘zgarishini “fantastik misol” deb atadi 

Foto: Getty Images

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Armanistonda aprelda hokimiyatning topshirilishi jarayonini bunday masalalarning tinchlik bilan hal qilinishining “fantastik misoli” deb atadi. 

“Biz yaqinda Armanistonda hokimiyatning tinch yo‘l bilan topshirilishining fantastik misolini ko‘rdik. Bu fantastik misol yangi avlod mening avlodimdan ko‘ra qarorlarni yaxshiroq qabul qilishiga ishonishga asoslar borligidan darak beradi”, deb ta'kidlab o‘tgan Guterresh Facebook’dagi savol-javoblar sessiyasi vaqtida.

Armanistonda katta ko‘lamli norozilik aksiyalari bosimi ostida 23 aprelda bosh vazir  Serj Sargsyan iste'foga chiqqan, 8 mayda esa bu lavozimga muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyan saylangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid