Foto: Ferma.uz

Özbekiston fermerlari uçun innovatsiyalar: 2018 yil yangiliklari

Eksportçilar uçun imtiyozlar, fermerlar uçun maxsus şaroitlarni yaratiş va Özbekistonning yuritayotgan taşqi siyosati, qişloq xöjaligi mahsulotlarining eksport hajmi oşişiga olib keladi. Xöş, özbek fermerlari bundan foyda körişadimi?

Agfunder vençur platformasi ma'lumotlariga köra, agro işlab çiqariş startaplariga kiritiladigan investitsiyalar yildan-yilga oşib bormoqda. 2017 yilda biotexnologiyalar, fermer xöjaliklarini rivojlantiriş va avtomatizatsiyalaş, fermerlar uçun savdo şoxobçalari, bioenergetika va biomateriallar, yangi nav mahsulotlarni östiriş kabi yönalişlarga 4,2 milliard dollar investitsiyalar yönaltirilgan. Yildan-yilga bu sohaga investitsiyalar kiritiş oşib bormoqda.

Foto: Ferma.uz

Rivojlangan davlatlardagi fermer xöjaliklari IT-texnologiyalar va innovatsiyalarni öz sohalariga aktiv tarğib qilib kelişmoqda. Bu - turli datçiklar, sun'iy yöldoşlardan olinadigan ma'lumotlar va mobil ilovalardir. Ular yordamida uruğlarni ekiş, suğoriş, çopiq qiliş va aniq bir daladagi hosilni yiğib oliş uçun eng qulay vaqt aniqlanadi. Texnologiyalar yetkazib berişning optimal marşrutini tanlaş yoki meva va sabzavotlarning çirib ketişining oldini oliş maqsadida omborlardagi haroratni kuzatib borişni ta'minlaydi. Ular yordamida fermerlar xaridorlar bilan bevosita muloqotni yölga qöyadilar, yangi bozorlarga çiqadilar va oldindan buyurtmalar oladilar.

Bu qanday işlaydi?

Aytaylik, fermer uzoq yillardan beri bodring östirib keladi, mahsulotini eksportçilarga ulgurji narxda sotadi va yangi mavsumga tayyorgarlik körişni boşlaydi. Datçiklar va mobil ilova yordamida u keyingi yil qaysi qişloq xöjalik mahsulotiga talab köproq bölişini aniqlaşi va aynan şu mahsulotni öz dalasida östirişi mumkin. Agar dalasi uşbu mahsulot yetiştirişga mos kelsa, internet orqali investor topişi va yangi mahsulotni östira boşlaşi mumkin. Bu mahsulotga bölgan talab yuqoriligi tufayli fermerning sotuvdan bölgan daromadi ança yuqori böladi. Bundan taşqari tayyor savdo bozorlari va aniq xaridorlardan kelib tuşadigan talablar ham mavjud böladi. Fermerda eksportçi bilan savdolaşiş ehtiyoji qolmaydi, faqatgina yaxşi narx beradigan xaridorni tanlaşning özi kifoya böladi. Marketpleyslar optimal logistika zanjirini topiş, şartnoma tuziş va yangi buyurtmalar oliş imkoniyatini beradi.