Twitter ijtimoiy tarmoği tomonidan e'lon qilingan, «Rossiya feyk akkauntlari» kontenti arxivida körsatilişiça, Brexit masalasi böyiça ovoz beriş kuni Buyuk Britaniyada «internet-trollar» tomonidan mamlakatning Yevropa ittifoqidan (YeI) çiqişi ğoyasini ilgari suriş kampaniyasi yuz bergan - Atlantic Council tahlilçilari şunday xulosaga kelişdi, deb yozmoqda The Times.

Şu tariqa, Rossiya bilan aloqador bölgan «internet-trollar» #ReasonsToLeaveEU (#YeIniTarketişSabablari) heştegi yordamida yolğon axborot tarqatiş kampaniyasini ilgari surişgan. Tahlil markazidan ma'lum qilişlariça, undan 2016 yilda Brexit böyiça referendum kunida 1,1 ming marta işlatişgan. Şu bilan birga, Atlantic Council eksperti Ben Nimmo bu heştegni ijtimoiy tarmoqda trendga olib çiqişga qaratilgan soxta akkauntlarning « muvofiqlaştirilgan harakatini» qayd etdi.

17 oktabr kuni Twitter ijtimoiy tarmoği 2013 yildan 2018 yilgaça bölgan davrda 3 841ta soxta akkauntdan e'lon qilingan, öz içiga 9 milliondan ortiq xabarlarni qamrab oluvçi arxivni e'lon qildi. Soxta sahifalar Rossiyaning «Internet tadqiqotlar agentligi» bilan boğlangan. Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoq Eron bilan aloqador 770ta soxta akkauntga qaraşli millionga yaqin xabarlarni oşkor etdi.

Times’ning yozişiça, «Rossiyaning yolğon axborot tarqatiş kampaniyasi» Buyuk Britaniyadagi terrorçilik hujumlaridan söng «islomofobiya» mazmunidagi postlarni öz içiga olgan.

Atlantic Council’dan tuşuntirişlariça, Britaniyaga aloqador yirik tadbirlar böyiça yolğon axborot tarqatişga oid Rossiya kampaniyasi AQŞ fuqarolarining «qutblanişi»ga qaratilgan. Misol uçun, London köprigi va «Mançester-arena» stadionidagi teraktlardan söng özini önglar sifatida körsatganlar «musulmonlarni yomonlaşgan», Brexit ğoyalarini ilgari suruvçilar esa - globalçilarga hujum qilgan, deb yozadi gazeta.

The Guardian'ning Vaşingtondagi raqamli sud ekspertizasi sohasidagi tadqiqot laboratoriyasiga (DFRLab) asosan ta'kidlaşiça, har ikki kampaniya - ham Rossiyaniki, ham Eronniki - amerikaliklarga qarşi qaratilgan edi, biroq ularning «opportunistik» xususiyati zarba boşqalarga kelib tuşganini körsatdi. Vaşington tahlil laboratoriyasidan qayd etişlariça, «Rossiya internet-trolli» haqiqiy onlayn faollik texnikasidan foydalangan, bu keyinçalik ularni haqiqiy akkauntlardan ajratişni qiyinlaştirgan.

Biroq, yolğon ma'lumot tarqatiş kampaniyasi tvitter bilan çeklanmagan, deya yozadi The Guardian. Avvalroq, gazeta tomonidan ötkazilgan tekşiruv Rossiya feyk akkauntlari «noma'lum mualliflar» sifatida Britaniyaning 100ga yaqin xabarlarida keltirilganini körsatgandi.