Toshkentda allergik kasalliklarni davolashning innovatsion usuli – ekologik gulchangi qopqonlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Avstriyaning Vena tibbiyot Instituti hamkorligida joriy yilning 22 oktabr kuni InnoWeek xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekistonda ilk bora Toshkent shahrida 2ta eng so‘nggi avlod VPPS 2010 ekologik gulchangi qopqonlari o‘rnatilgani munosabati bilan taqdimot o‘tkazdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
"Endi Toshkent shahrida mavsumiy allergiyalarni nazoratga olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunda hozircha poytaxtimizning ikki nuqtasiga o‘rnatilgan gulchangi monitoringi stansiyalari yordam beradi. Ayni kunlarda Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan "Doktor Maqsudova innovatsion klinikasi" hamda Olmazor tumanidagi "Ilg‘or texnologiyalar markazi"ga o‘rnatilgan gulchangi qopqonlari gullagan o‘simliklarning changlariga bo‘lgan allergiyani nazorat qilish imkonini beradi", deydi vazirlik mutasaddi vakili.
Ta'kidlash joizki, bugunga kunda dunyo aholisining 20 foizi allergiyadan aziyat chekadi. Bu turli ko‘rinishlarda – tumov, kon'yunktivit, teri qichishishi va qizarishi, hatto, bronxial astma ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. Jarrohlik amaliyotlari, xususan, "Doktor Maqsudova innovatsion klinikasi"da o‘tkazilayotgan ko‘z jarrohlik amaliyotlaridan keyin ayrim hollarda paydo bo‘layotgan asoratlarning ildizi ham allergiyaga borib taqalayotgani ma'lum bo‘lmoqda. Aynan shuning uchun ham shaharlardagi allergik vaziyatni nazoratda ushlab turish muhim sanaladi.
Hozirgacha aholi havo changlanganini allergiya alomatlari paydo bo‘lganidan keyin biladi. Gulchangi monitoringi esa allergiya mavsumining boshlanishini oldindan aytib berish, bu esa o‘z navbatida kasallikning rivojlanishini alomatlarini keskinlashishining oldini olish imkonini yaratadi.
Gulchangi qopqonlarida yig‘ilgan changlar laboratoriya sharoitida kuchli mikroskoplar orqali tekshiriladi va tekshiruv natijalari o‘pkamizga tushishi mumkin bo‘lgan changlar haqida to‘liq tasavvur beradi. Tahlillar natijalari 2019 yildan boshlab, Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy saytida e'lon qilib boriladi.
Allergolog-shifokorlarning fikricha, aynan ma'lum mavsumlarda shifokorlarga murojaat qiladigan bemorlarning aksariyati allergiyadan aziyat chekadilar. Gulchangi qopqonlari yordamida olingan ma'lumotlar orqali shifokorlar mavjud allergenlar doirasini toraytirishi mumkin, bu esa o‘z navbatida tekshiruvlarga kamroq vaqt va mablag‘ sarflanishiga, tez va aniq tashxis qo‘yilishiga olib keladi.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
20:52 / 04.10.2024
Saida Mirziyoyeva Kreativ iqtisodiyot anjumani hamkorlariga minnatdorlik bildirdi
10:30 / 17.09.2024
Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar reyestri joriy etiladi
21:37 / 05.08.2024