Tabiatda turli kasalliklar, turli dardlar bor. Ularning ba'zisi yuqumli, inson ölimiga olib kelsa, ayrimlarini davolaş mumkin. Biroq, quturiş-barça issiq qonli hayvonlarda va odamlarda uçraydigan bedavo öta xavfli yuqumli kasallik hisoblanadi.
Xöş, bunday öta xavfli qanday yuqişi mumkin?
Uşbu kasallik odamlarga asosan quturgan itlar va muşuklarning, şuningdek yovvoyi hayvonlarning (böri, çiyaböri, tulki va boşqalar) tişlaşi (tirnaşi, sölaklaşi) natijasida hayvonlarning sölagi orqali odamlarga yuqadi, çunki kasallikni qözğatuvçi virus quturgan hayvonlar sölagida böladi.

Özbekistonda odam uçun kasallikning yetakçi manbai – itlar hisoblanadi. Kasallik hayvonlardan hayvonlarga va hayvonlardan odamlarga yuqadi. E'tiborli jihati, quturiş odamdan odamga va odamlardan hayvonlarga yuqmaydi. Quturgan itda kasallik alomatlari röyobga çiqişidan 10 kun oldin, ya'ni kasallik yaşirin davrining oxirgi 10 kunida hamda kasallik boşlanganidan toki ölgunga qadar yuqumli hisoblanadi.
Ta'kidlaş örinliki, bugungi kungaça quturiş kasalligining davolaş usullari işlab çiqilmagan bölib, eng dahşatlisi quturiş kasalligi juda oğir keçib, kasallik 100 foiz ölim bilan tugaydi, ya'ni qiynoqli va dahşatli ölim qayd etiladi.
Bu töğrida maşhur rus olimi Danilo Samoyloviç quyidagiça fikr bildirgan: “Insoniyat dunyoga kelibdiki, qançadan-qança kasalliklarni boşidan keçirgan va körgan, ammo quturiş kasalligiga mubtalo bölgan bemor ahvolini körişdan ortiq qörqinçli va dahşatliroq holat bölmasa kerak!”.
Şuningdek, rus yozuvçisi Anton Çexov quturiş kasalligiga duçor bölgan nabirasini kuzatib, uni juda qiynalib jon berganini körgaç, “Bir haftaça özimga kelolmadim, telbanoma bölib yurdim, şundan keyin, dunyodagi barça itlardan ham, itboqarlardan ham könglim qolib ketdi”, - degan sözlarni öz esdaliklarida yozib qoldirgan.
Tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino özining “Tib qonunlari” asarida suvdan qörqa boşlagaç birorta ham bemorni davolaş yöli bilan ölimdan olib qolib bölmasligini ta'kidlagan. Bu kasallikda boşqa yuqumli kasalliklarda kuzatilmaydigan suvdan qörqiş, havodan qörqiş kabi alomatlar kuzatiladi va bemor juda qiynalib vafot etadi. Ötmişda bu kasallikka “suvdan qörqiş”, ya'ni “gidrofobiya” deb bejiz nom berilmagan. Haqiqatdan ham quturiş bilan hayvon kasallanadimi yoki odam kasallanadimi, yakuni aniq-dahşatli ölim.















