Butunjahon o‘rgimchak to‘rining asoschisi Google va Facebook yo‘q bo‘lishini bashorat qildi
Silikon vodiysining Facebook va Google kabi texnologik gigantlarining kuni bitib bormoqda, deb hisoblaydi Butunjahon o‘rgimchak to‘rining ixtirochisi Tim Berners-Li.
«Ular shu qadar ustunlikka ega bo‘lishdiki, mabodo raqobatchilari ularning ta'sir kuchini kamaytira olmasa, ularni yo‘q qilishga to‘g‘ri keladi», degan WWW otasi Reuters’ga intervyu bera turib.
1990 yillardagi raqamli inqilob bir necha texnologik kompaniyalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi va ular bugungi kunga kelib ko‘plab suveren davlatlardan ham ortiqroq moliyaviy va ijtimoiy hokimiyatga ega. Apple, Microsoft, Amazon, Google va Facebook 3,7 trillion dollar bozor kapitalizatsiyasiga ega va bu Germaniyaning 2017 yildagi YaIMiga teng.
Massachusets texnologiya instituti va Oksford universiteti professori Tim Berners-Li internetning hozirgi holatidan hafsalasi pir bo‘lganini yashirmayapti. Uni, ayniqsa, 87 million foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari suiiste'mol qilinishi hamda Facebook va Cambridge Analytica’ning ijtimoiy tarmoqlar vositasida nafrat tarqatish bilan shug‘ullangani g‘azablantirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea ko‘pchilik uchun burilish nuqtasi bo‘lib xizmat qilgan.
2018 yilning 2 noyabri holatiga Facebook’ning kapitalizatsiyasi 438 mlrd dollarga teng, yoz faslining boshida kompaniya qiymati yarim trillion dollardan ortiqroq edi. Bu juda mo‘rt ko‘rsatkichlar: Cambridge Analytica ishtirokidagi mojaro haqida ilk ma'lumotlar paydo bo‘lgan 17 mart kuni aksiyalar qiymati qulashi natijasida Tsukerberg qariyb 13 milliard dollaridan ayrildi; 26 iyun kuni aksiyalar qiymati 18,35 foizga pastladi va kompaniya buning ortidan 123,71 milliard dollardan judo bo‘ldi. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, bunday qulashga sabab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining soni kamayishi va ularning soni o‘smay qolganida bo‘lgan.
2018 yilning martida AQSh Senatida chiqish qilar ekan, Tsukerberg 2016 yil AQShda o‘tgan saylovoldi kampaniyasida tarmoq foydalanuvchilari ma'lumotlaridan ehtimoliy foydalanishgani uchun uzr so‘radi. Biroq, Facebook’ning choraklik hisobotlaridan ko‘rinishicha, ushbu kechirim vaziyatni yaxshilamagan: mojaro fonida ko‘plab foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqdagi o‘z akkauntlarini o‘chira boshlashgan.
2 noyabr kuni hakerlar yana 257 ming foydalanuvchilarning ma'lumotlarini ochishga muvaffaq bo‘lishganini e'lon qildi; demak, Tsukerberg va'da qilgan himoya mustahkam emas.
Agar Facebook foydalanuvchilarning ma'lumotlarini bir necha marotaba va Cambridge Analytica’dan boshqalarga ham sotgani isbotlansa, kompaniya nufuzini saqlab qolish juda mushkul bo‘ladi va Berners-Lining bashorati o‘z tasdig‘ini topishi mumkin. Xuddi shunday holat Google’ga ham taalluqli.
Albatta, Berners-Lining internet kelajagi borasidagi taxminlariga qarshi chiquvchilar ham yo‘q emas: 2016 yilda Google rahbari Erik Shmidt ham internet yo‘q bo‘lishini aytib o‘tgan edi, lekin u internetning atrofdagi qurilmalar va servislarga singib ketishini, foydalanuvchilar tarmoqqa ulanish nuqtasini qidirmay qo‘yishini nazarda tutgan edi.
Mavzuga oid
23:48 / 06.11.2024
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi
22:10 / 03.11.2024
Google tasodifan Ukrainadagi harbiy obektlarning xaritalarini oshkor qildi
20:32 / 30.10.2024
Rossiya Davlat xizmatlari Google servislarini o‘chirishga tayyorgarlik boshladi
00:49 / 30.10.2024