Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Bosh assambleyasi a'zolari Markaziy Osiyodagi uran omborlari bo‘yicha chaqiriq bilan chiqishdi
Foto: Atomic-energy.ru
22 noyabr kuni BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi ikkinchi qo‘mitasi delegatlari Markaziy Osiyoda radiatsiya tahdidi oldini olishda xalqaro hamjamiyat roli haqida rezolyutsiya qabul qilishdi. Ular mintaqada sovet ittifoqi davridan qolgan va aholi uchun ehtimoliy xavf tug‘diradigan ko‘p sonli uran chiqindi omborlarini boshqarish muammosini eslatishdi.
«Bosh assambleya uran qazib olish korxonalari mavjud bo‘lgan hududlarni qayta tiklash muhimligini ta'kidlaydi», - deyiladi qabul qilingan rezolyutsiyada.
BMTga a'zo davlatlarning tashvish bilan qayd etishicha, uran va boshqa xavfli radioaktiv chiqindilar ko‘milgan ko‘plab joylar Markaziy Osiyo davlatlarining aholi zich joylashgan tumanlaridadir. Shu bilan birga, chiqindi omborlari aholi punktlari va ushbu mintaqadagi yirik daryolar qirg‘oqlaridagi seysmik faol yerlarda joylashgan.
Yangi rezolyutsiya hammualliflarining va'da qilishicha, xalqaro hamjamiyat Markaziy Osiyoda radioaktiv va zaharli chiqindilarni xavfsiz boshqarish bo‘yicha samarali dastur hamda loyihalarni amalga oshirishda hissa qo‘shishga ko‘mak ko‘rsatadi.
Rezolyutsiyada 2017 yilda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari tomonidan tasdiqlangan hamda Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik shafeligida ishlab chiqilgan «Markaziy Osiyodagi uran merosi maydonchalarida atrof-muhitni tiklash bo‘yicha strategik master-reja»ning muhimligi aytiladi.
Mavzuga oid
15:14 / 06.02.2026
BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari: “Biz - tirik qolish rejimidamiz”
09:45 / 03.02.2026
Uranni qayta ishlash quvvatlarini oshirish choralari belgilandi
21:14 / 02.02.2026
Angrenda zaxira hajmi 233 million tonna bo‘lgan yangi ko‘mir koni ishga tushiriladi
22:43 / 30.01.2026