O‘zbekistonda xotin-qizlar ishsizligini bartaraf etishga doir vazifalar belgilab berildi
Bandlik masalasida mavjud muammolar hal qilinmas ekan, xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni oldini olish borasidagi ishlar samara bermaydi. 22 dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot konferensiyasida shu haqida so‘z yuritildi va bu borada amalga oshiriladigan vazifalar Qo‘mitaning qayta saylangan raisi Tanzila Norboyeva tomonidan aniq belgilab berildi.
1. Xotin-qizlar qo‘mitasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda yaratilgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida xotin-qizlarning habardorligini oshirish choralarini ko‘rish zarur. Joriy yilning o‘zida respublika bo‘yicha 300 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan, lekin bundan aholining xabardorligi yo‘q. Uyma-uy yurish jarayonida shuni ko‘rayapmizki, ishsiz xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarda tafovut katta.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda har yili xotin-qizlar, xususan og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilishi darkor.
3. Xotin-qizlar qo‘mitasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda yaratilgan ish o‘rinlarining haqqoniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishi, shuningdek, munosib mehnat sharoitlarining yaratilganligi, ish haqlarining vaqtida berilayotganligi, qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanayotganligini o‘rganish zarur. Buning natijasida ish beruvchilarning mas'uliyatini oshirish borasida Hukumatga takliflar kiritilishi kerak.
4. Xotin-qizlar qo‘mitasi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, “Tadbirkor ayollar” uyushmasi bilan hamkorlikda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Bunda, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish, biznes rejalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish masalasiga e'tibor qaratish lozim. Shuningdek, Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan joriy etilgan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, “Ustoz-shogird” tizimini yanada kuchaytirishimiz va imtiyozli kreditlar olishiga yordam berish kerak.
5. Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlarni asosan xotin-qizlar bandligini ta'minlash yo‘nalishiga sarflanishini va maqsadli ishlatilishini tashkil etishimiz kerak bo‘ladi.
Tadbirda Mehnat bozorida gender tengsizlikka yo‘l qo‘ymaslik va gender tenglikni ta'minlash Xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligiga alohida e'tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ayollarni ishga joylash bo‘yicha alohida dastur tayyorlash kerakligi, hozirgi dastur bilan ishsizlikni bartaraf etib bo‘lmasligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
20:31 / 27.10.2024
Tanzila Norboyeva nabirasi bilan birga saylovda ovoz berdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:33 / 25.10.2024