O‘zbekiston | 20:36 / 31.01.2019
2446
2 daqiqa o‘qiladi

Chirchiq garnizonida huquqbuzarlikning oldini olish targ‘iboti kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 31 yanvar kuni Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida huquqbuzarlikning oldini olish targ‘iboti kuni munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkazildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Xususan, Chirchiq garnizonida Mudofaa vazirligi va harbiy prokuratura organlari prokuratura xodimlari tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari bilan yakka tartibda suhbatlar uyushtirildi. Suhbatlar mobaynida ayrim harbiy oilalarda uchraydigan muammolar bo‘yicha huquqiy ko‘mak berilib, yuzaga keladigan ayrim masalalarga qonuniy yechim topish, bandlik masalalarini ta'minlash, farzandlarni harbiy shaharchalarga yaqin ta'lim muassasalariga joylashtirish bo‘yicha murojaatlar o‘rganildi”, deyiladi xabarda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir davomida harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Biz huquqimizni qanday bilamiz?” mavzusida viktorina ham tashkil etildi. Unda ishtirokchilar tarixiy asarlar, Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shundan so‘ng Chirchiq garnizoni ofitserlar uyida Chirchiq harbiy prokuraturasi mas'ul ofitserlari, adliya vazirligi xodimlari bilan birgalikda huquqbuzarlikning oldini olish, bu borada qabul qilingan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 

Баҳодир Аҳмедов
Tayyorlagan Баҳодир Аҳмедов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid