Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada yangi tramvay sinovdan o‘tkaziladi. U inson aralashuvisiz harakatlanadi
Cognitive Technologies va «PK Transportniye sistemi» kompaniyalari Rossiyadagi birinchi haydovchisiz tramvayni ishlab chiqdi. Bu haqda «Vedomosti» xabar bermoqda. Uning test sinovlari yaqin vaqt ichida Moskvada bo‘lib o‘tadi.
Yangi tramvay 17-yo‘nalishida (Ostankino - Medvedkovo) sinovdan o‘tkaziladi. Sinov vaqtida haydovchi kabinada bo‘ladi.
Haydovchisiz tramvaylardan tijorat maqsadida foydalanish 2021-2022 yillarda boshlanishi kutilmoqda.
«Vedomosti»ning yozishicha, birinchi bosqichda haydovchi tramvay harakatini nazorat qiladi, tizim ikki holatda uning harakatlariga aralasha oladi: haydovchi yo‘lning xavfli qismida yoki yomon ob-havo sharoitida juda tez harakat qilsa, tezlikni pasaytiradi, va yo‘lda begona obekt aniqlansa, u avtomatik tarzda tormoz oladi.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026