Kun.uz muxbiri «Özimizning mahalla» loyihasi doirasida poytaxtdagi Kamolon mahallasiga bordi.
Toşkent şahri Şayxontohur tumanidan ötuvçi markaziy Samarqand Darvoza köçasidan Kattaboğ köçasiga ötsangiz, göyo u orqali yana tarix bağriga qadam qöygandek bölasiz. Ilk bor bu mahallaga kirayotgan sayyoh yoki yölovçi bu mahallada Xöja Alambardor maqbarasi borligi, özbek romançiligi maktabi asosçisi, buyuk yozuvçi Abdulla Qodiriy, usta Şirin Murodov, usta Toşpölat Arslonqulov, şoir Habibiy, Ahmad polvon, Özbekiston xalq artistlari Sattor Yaraşev, Komiljon Jabborov, Özbekiston xalq hofizi Ortiqxöja Imomxöjayev va boşqa taniqli insonlar tuğilib-ösganini yon daftarçasiga qayd etib olişi zarur.

Kamolon mahallasi Beşyoğoç dahasidagi qadimiy mahalla hisoblanadi. Tarixda Kamolon mahallasi Darxon, Eşonguzar, Yangimahalla, Samarqand darvoza, Guliston mahallalari bilan çegaradoş bölib, Xöjaköça va Fuqaro köçalariga bölingan. Mahallada Xöja Alambardor maqbarasi va qabristoni bor. Qariyb 200 xonadon yaşagan. Aholisi, asosan, özbeklar bölib, hunarmandçilik, savdo-sotiq, şahar taşqarisidagi yerlarida (Novza, Qozirobod, Dömbirobod, Qonqus mavzelari) dehqonçilik bilan şuğullangan. Toşkentning ön ikki darvozalaridan biri – Kamolon darvoza ham şu mahallada joylaşgan.
«Kamolon» nomi haqida turli fikrlarni ilgari surişadi. «Kamolon» sözining luğaviy ma’nosi – komil insonlar yaşaydigan yer.

Muhammad Solihxöja «Tarixi jadidai Toşkand» asarida mahalladagi darvozani Kamondaron deb ataydi (XIV asr oxiri) va kamondaronlar (turkman öğuz-uçuq qabilalar uyuşmasi) qabilasining bir toifaciga mansub deydi.
«Kamolon» atamasi haqida 3 fikrga köra, bu söz «Kamondaron», ya’ni kamonçilar mahallasi ma’nosini beradi. Ma’lumki, qadimda Çoç özining kamoni, kamonçi ustalari bilan dunyoga maşhur bölgan. «Hudud ul-olam»da (X asr) «Çoç – bu katta viloyat, xalqi jangovar va saxiydir. U yerda kamon va öq-yoy yasaladi», deya qayd etilgan. Şoşda yasalgan kamon öşa vaqtlarda butun Şarqda «Kamoni Şoşiy» nomi bilan maşhur bölib, uning uzoqqa otilişi va nişonga aniq tegişi Şarq mualliflarining asarlarida ta’riflangan. Mana şu ustalar yaşaydigan mahalla Kamondaron deb atalgan. Çoç kamonlari xorijiy davlatlarga ham sotilgan. Tarixiy ma’lumotlarga köra, buyuk sohibqiron Amir Temur Toşkentda bölganida «Kamolon» mahallasida yasalgan kamonlarning puxtaligiga tan berib, öz qöşinlarini u bilan ta’minlaşga buyruq bergan.














































































