Stokgolmdagi Tinçlik muammolari tadqiqoti instituti (SIPRI) jahondagi qurol-yaroğ eksporti holati haqida yangi hisobot e'lon qildi. Ötgan yilda bölgani kabi, qurollar eksporti böyiça eng yirik davlatlar orasiga AQŞ, Rossiya, Fransiya, Germaniya va Xitoy kiritildi, ular 2014-2018 yillarda savdolarning 75 foizini ta'minlab bergan. Şu bilan birga, AQŞ va Rossiyaning jami hajmi 57%ni taşkil etadi.
Ekspertlar fikriga köra, 2014-2018 yillarda an'anaviy qurollar asosiy turlarining xalqaro yetkazib beriş hajmi 2009-2013 yillarga nisbatan 7,8 foizga va 2004-2008 yillarga nisbatan 23 foizga ösgan. Ta'kidlanişiça, sönggi beş yil içida Yaqin Şarqqa qurol yetkazib beriş 2009-2013 yillarga nisbatan ortgan, boşqa mintaqalarga esa kamaygan, deya xabar beradi «Kommersant'».
Hisobotga köra, qurollar bozorida AQŞning uluşi 6 foizga oşib, 36 foizni taşkil etdi. AQŞ eksportining yarmidan köpi (52%) Yaqin Şarqqa töğri keladi.
«AQŞ dunyoda qurol yetkazib beriş böyiça öz yetakçi pozitsiyasini yanada mustahkamladi. Sönggi beş yil içida AQŞ kamida 98 mamlakatga qurol yetkazib bergan; bu hajmlar zamonaviy qurollar, masalan, jangovar samolyotlar, kiçik masofadagi qanotli va ballistik raketalar hamda köplab boşqariladigan bombalarni öz içiga olgan», - degan SIPRI’ning qurol-yaroğ va harbiy xarajatlar dasturi direktori Od Fleran.
Rossiyaning 2014-2018 yillarda bozordagi uluşi, aksinça, 2009-2013 yillarga nisbatan 17%ga kamaydi. Ta'kidlanişiça, bu qisman Hindiston va Venesuela tomonidan qurollar importi qisqarişi bilan boğliq. Sönggi beş yil içida Rossiya 48 mamlakatga qurol-aslaha yetkazib berdi. Umumiy hajmining 55 foizi Hindiston, Xitoy va Jazoirga töğri keladi.
Fransiya va Germaniya 2014-2018 yillarda eksport hajmini 43 foizga va 13 foizga oşirgan. YeI davlatlari eksportining jami hajmi dunyodagi körsatkiçdan 27%ni taşkil etdi. Eng yirik eksportyorlar beşligiga yakun yasab bergan Xitoy savdolarni 2,7 foizga oşirdi. Sönggi beş yil içida Isroil, Janubiy Koreya va Turkiyadan qurollar eksporti sezilarli darajada ösdi (60%, 94% va 170%).
Eng yirik import qiluvçilarga Saudiya Arabistoni (2009-2013 yillarga nisbatan +192%), Misr (+206%), Isroil (+354%), Qatar (+225%) va Iroq (+159%) aylandi. 2014-2018 yillarda Osiyo va Okeaniya mamlakatlari harbiy yuklar umumiy hajmining 40 foizini olgan.

















