Ekspert: «Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilganda takliflarning atigi 12 foizi inobatga olingan»
12 mart kuni Poytaxt biznes markazida joylashgan Harakatlar strategiyasining konferens-zalida «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan konsultativ uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv Adliya vazirligi va USAID O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlari dasturi (JRUP) bilan hamkorlikda o‘tkazdi. Uchrashuv «Fuqarolik jamiyati va nodavlat tashkilotlari uchun qulay huquqiy muhitni rivojlantirish» mavzusida o‘tkazildi.
Tadbirda mamlakatning yuqori darajalari huquqshunoslari va xalqaro ekspertlar qatnashdi. Xususan, JRUP programmasi direktor o‘rinbosari Natasha Rashich, xalqaro ekspert Mixail Boyadjiyev, «Yuksalish» umummilliy harakati ijrochi direktori Bobur Bekmurodov, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti jamoaviy monitoringi boshqarmasi rahbari Hamdambek Atajanov va boshqa mutaxassislar qatnashdi. Tor doiradagi uchrashuvga demokratiya va inson huquqlari instituti Direktori Sayyora Xodjayeva moderatorlik qildi.
«Men bu mamlakatda bir necha yillar ilgari ishlaganman. Oradan yillar o‘tib yana ushbu yurtga qaytdim. Ulkan islohotlar amalga oshirilganini ko‘rdim. Biz o‘z dasturimizda sud va huquq sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rnini mustahkamlash uchun harakat qilamiz. Biz tahlillar olib borish jarayonidamiz. Islohotlarni amalga oshirishda ikki xil turdagi tashkilotni aytish mumkin: Fuqarolik jamiyati sub'yektlari va nodavlat notijorat tashkilotlar. Faoliyatimiz davomida akademik bilim beruvchi oliygohlar bilan bu yo‘nalishda ta'lim olish uchun hamkorlik qilamiz. Bu oliygohlar: Bosh prokuratura Akademiyasi, Advokatlar palatasi, Sudyalar oliy maktabi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti, Yuridik universitet va mamlakatdagi jamiki huquq sohasida ta'lim beruvchi oliygohlardir.
Bizning dastur davlat va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotlarni rivojlantirishdagi yangi modellarni qo‘llab-quvvatlaydi. Biz ta'lim borasida grantlar e'lon qilamiz. Shu yilning aprelida dastlabki konkurs e'lon qilinadi. Bu konkurs ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda, faoliyat yo‘nalishlari, mexanizmlariga bag‘ishlangan insholar topshiriladi. Ikkinchi bosqich, nodavlat notijorat tashkilotlarining salohiyati bo‘yicha bo‘ladi», deya tushuntirish berib o‘tdi xalqaro ekspert.
Shuningdek, tadbirda qatnashgan Oliy majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti jamoaviy monitoringi boshqarmasi rahbari Hamdambek Atajanov o‘zidagi qiziq ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.
«Tashkilotimiz ayni damda shu masalada izlanishlar olib bormoqda. Prezidentimiz tomonidan o‘tgan yili 5505-sonli Norma ijodkorligi konsepsiyasi qabul qilingan. Xo‘sh, nega bu hujjatga talab bor edi? Chunki, shu davrgacha qonun hujjatlarining 7 foizini qonunlar tashkil qiladi. Davlat faoliyatida ko‘plab sohalarni asosiy tartibga soluvchi hujjatlar qonunosti hujjatlari bo‘lib keldi. Vazifalarimiz qonun normalarini tizimlashtirish va ijtimoiy munosabatlarini huquqiy jihatidan ta'minlash. Ba'zi sohalar bor juda ko‘p qonun hujjatlari qabul qilgan va ular bir-biriga mos kelmaydi. Agar mavjud qonunosti hujjatlar barqarorligini ta'minlamoqchi bo‘lsak, ularni albatta qonun darajasida qabul qilishimiz kerak. Agar qabul qilmasak, fuqarolik jamiyatini qurishga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Ikkinchisi, normativ hujjatlarini qabul qilishda sifatni oshirish va takomillashtirishni monitoring qilishdir. Qonun hujjati sifatli, hammaga tushunarli bo‘lishi kerak. Keyingisi, norma ijodkorligida axborot texnologiyalarni joriy qilish hisoblanadi. Hozirgi davrda bizda «kelishish» degan jarayon bor. Bunda bir hujjat qabul qilayotganda shu hujjat ta'sir o‘tkazadigan barcha idoralar bilan kelishib chiqish kerak. Bu hozir qo‘lda qog‘oz bilan qilinadi. Shuning uchun, konsepsiyada belgilandiki, bu kelishish hujjati elektron tarzda bo‘ladi. Bundan tashqari, norma ijodkorligida aqlli tartibga solish modul elektorali bo‘lib, bunda eksperimentlar o‘tkazish yoki muddatlar belgilab qo‘yish kabilar nazarda tutiladi. Bizda qonun hujjatlarida muddat mavjud emas. Shuningdek, norma ijodkorligida institutsional tartibga solish, qonun sifatiga javob beradigan institut tashkil etish niyatidamiz.
Farmonning 7-bandiga muvofiq, norma ijodkorligini amalga oshirish bo‘yicha komissiya tuzilgan. Komissiyaga qonunchilik palatasi Spikeri boshchilik qiladi. Komissiyada jamiyatni tartibga solish sohalarida, masalan saylov, ta'lim, investitsiya, qurilish, tadbirkorlik bo‘yicha qonunlarni tizimlashtirishdir. Shuningdek, komissiyaning yana bir funksiyasi jamiyatda olib borilayotgan islohotlarni normativ-huquqiy hujjatlar bilan amaliy jihatdan rivojlantirishdir. Ba'zi muhim hujjatlar bor, ular qonun darajasida emas.
Eng og‘riqli joylaridan biri, ba'zi idoraviy hujjatlar Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tmagan. Nodavlat-notijorat tashkilotlar qonunida ham borki, bundagi qoidalar qonun darajasida bo‘lishi shart emas. Bundan tashqari, asossiz cheklovlar, ortiqcha ma'muriy tartib-taomillar, eskirgan metod-mexanizmlar bor. Misol uchun, ushbu nodavlat notijorat tashkilotlari haqidagi qonun 1991 yilda qabul qilingan.
Keyingi masala qonun xujjatlari ta'sirchanligini oshirish maqsadida regulation in yo‘nalishi ishlab kelmoqda. Qonun hujjatini qabul qilishda bildirilgan takliflarning atigi 12 foizi hisobga olingan. Demak, yoki fuqarolar tomonidan bildirilayotgan takliflar sifatsiz yoki takliflar amalga kiritib bo‘lingan. Lekin, eng asosiy muammo yaxshi takliflar ham inobatga olinmagan. Hozir komissiyaga vazifa yuklatilgan. Normativ-hujjatlar bazasi bilan regulation ’ni birlashtirishni niyat qilganmiz.
Bizda faoliyatida ba'zi tashkilotlar bor. Ular kvazitashkilotlardir. Ya'ni, ularni na nodavlat tashkilot deb bo‘ladi, na boshqacha. Masalan, «Mahalla» tashkiloti, «Nuroniy» va hokazo. Ular shunday vazifa bajaradiki, davlat tomonidan tashkil etilgan, lekin ular nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi. Moliyalashtirish masalasini o‘ylayapmiz. Qonunchilikda yangi loyihani o‘yladik. Ijtimoiy tadbirkorlik degan. Ma'lum sohalarda nodavlat notijorat tashkilotlar tadbirkorlikni amalga oshirsa bo‘ladi.
Petitsiyalarni hisobga oluvchi platforma bor. Ya'ni, ma'lum ovozlarni yig‘gandan so‘ng, bu holatni ko‘rib chiqadi. Buni faqat Oliy Majlis, viloyatlardagi kengashlar ko‘rib chiqadi. Endi yangi tizim joriy etilmoqda. Bunda ijro etuvchi hokimiyat vakillari ham ko‘rib chiqadi. Chunki, ko‘p savollar paydo bo‘ladi. Bu savollarga Vazirlar Mahkamasi javob beradi. Yaqinda yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi», deydi parlament xodimi.
Uchrashuv mobaynida nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘yicha boshqa qatnashchilar ham o‘z takliflarini berishdi. Misol uchun, Nogironlar assotsiatsiyasi vakili Farhod Abdurahmonov nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha sohadagi mavjud kamchiliklarni sanab o‘tdi. Masalan, bunday shaxslarga nisbatan telefon yoki boshqa qurilmalarda maxsus ilovalar, huquqiy yo‘nalishlarda ko‘rish va eshitishda nuqsoni bor fuqarolarga huquqiy va boshqa maxsus adabiyotlar mavjud emasligi tanqid ostiga olindi.
Shuningdek, uchrashuvdagi faxriy mehmon Mixail Boyadjiyev soha bo‘yicha bir necha davlatlar tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Mavzuga oid
18:54 / 25.10.2024
O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi
10:30 / 21.09.2024
USAID O‘zbekistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratdi
20:50 / 07.08.2024
O‘zboshimcha egallangan yer qanday qonuniylashtiriladi? Yangi qonun bo‘yicha mutaxassis bilan suhbat
09:43 / 24.07.2024