Özbekistonda 3 mingga yaqin bemor buyrak yetişmovçiligi yuzasidan gemodializ muolajasiga ehtiyoj sezadi. Butun dunyoda, şu jumladan, Özbekistonda ham turli omillar (asosan surunkali xastaliklar) ta'sirida buyrak yetişmovçiligi bilan oğriganlar soni köpayib, gemodializ muolajasiga talab ortib bormoqda. Bu esa nefrologiya sohasiga jiddiy e'tibor qaratiş kerakligini taqozo etadi.
«Gemodializ xizmati sifatining yaxşilanişi bilan, bemorlar umri oşişi hisobiga ularning soni ham ortib boradi. Çunki bu bemorlar rejali ravişda doimiy gemodializ muolajasini olib turişlari şart. Qaçonki, tibbiy körsatkiçlari belgilangan me'yorlarga töğri kelib, buyrak köçiriş operatsiyasi bajarilsa, bemor muolajadan çiqib ketadi», — deydi Soğliqni saqlaş vazirligi mas'ul xodimi Soyibjon Bozaripov.
Mutaxassisga köra, bu borada tirik qarindoşlardan buyrak köçiriş operatsiyasi yölga qöyilgan bölib, 2018 yilning özida 109 nafar bemorda transplantatsiyasi bajarilgan. 2019 yilning ötgan davrida esa 30dan oşiq bemorda uşbu operatsiya ötkazilgan.
«Uşbu amaliyotdan keyin bemorlar doimiy içib yuradigan dorilari ham 100 foiz davlat budjetidan qoplanadi», — deya qöşimça qiladi u.
2018 yil 12 iyuldagi «Özbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami körsatiş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qaroriga muvofiq 2018 yil sentabr oyiga qadar «Özbekiston dializ jamiyati» tuzilişi belgilangan edi.
Vazirlik matbuot xizmatining ma'lumot berişiça, 30 oktabr kuni «Özbekiston gemodializ jamiyati» taşkil etilgan va örnatilgan tartibda Adliya vazirligi tomonidan röyxatdan ötkazilgan.
«Özbekiston gemodializ jamiyati»ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
– bemorlar huquqlarini himoya qiliş, ularga ijtimoiy yordam beriş va hayot sifatini oşiriş;
– sohaga zamonaviy texnologiyalarni olib kiriş;
– davolaş va taşxis böyiça yangi usullarni joriy etiş;
– surunkali buyrak kasalliklar statistik bazasini yaratişda qatnaşiş;








