O‘zbekiston | 11:47 / 28.03.2019
13304
5 daqiqa o‘qiladi

Namanganda yirik agrosanoat klasteri paydo bo‘ladi. Uning mahsulotlari qator vazirliklarga yetkazib beriladi

Foto: 123RF

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyati Namangan tumanida “Golden egg of Namangan” mas'uliyati cheklangan jamiyati negizida g‘allachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Namangan viloyati hokimligi hamda “Golden egg of Namangan” mas'uliyati cheklangan jamiyatining Namangan viloyatining xususiy sektor investitsiyalarini va “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki imtiyozli kreditlarini jalb qilish hisobiga boshoqli don va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda parrandachilik komplekslari va uning ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha agrosanoat klasterini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Parrandasanoat” uyushmasi va Namangan viloyati hokimligining Namangan tumanida boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan “Golden egg of Namangan” MChJ o‘rtasida 2019 yilda davlat ehtiyojlari uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan ortiqcha yetishtiriladigan boshoqli donni fyuchers shartnomasi asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish bo‘yicha takliflari ma'qullanadi.

Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr qo‘mitasi:

“Golden egg of Namangan” MChJga investitsiya loyihalarni amalga oshirishda zaruriy infratuzilma obektlarni belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda go‘sht yo‘nalishidagi parrandachilik kompleksi qurish uchun Namangan viloyati Mingbuloq tumanidan 22 gektar yer maydoni;

boshoqli don va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarni yetishtirish uchun ushbu kompleksga yaqin bo‘lgan yerlardan 5 ming gektar yer maydoni uzoq muddatli ijara asosida;

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda parrandachilik sohasini ilmiy-innovatsion rivojlantirish maqsadida parrandachilik sohasida ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan davlatlar texnologiyasi asosida zamonaviy parrandachilik veterinariya laboratoriyasini tashkil etish uchun Namangan viloyati Namangan shahridan 0,5 gektar yer maydoni;

parrandachilikda ozuqa bazasini rivojlantirish, zamonaviy yem ishlab chiqarish zavodini qurish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish uchun Namangan viloyati Namangan shahar atrofidagi temir yo‘l tarmog‘i o‘tgan hududdan 6 gektar yer maydoni ajratilishini ta'minlaydi.

“Golden egg of Namangan” MChJ tomonidan 2020 yildan boshlab yiliga 22 000 tonna parranda go‘shti, 60 mln. dona tuxum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

“Parrandasanoat” uyushmasi, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari, Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda aholi gavjum joylardan va dehqon bozorlari hududlaridan aholini arzon va sifatli parranda mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida “Golden egg of Namangan” MChJga Namangan viloyatida 15 ta, Farg‘ona viloyatida 15 ta, Andijon viloyatida 20 ta, Toshkent shahrida 40 ta maxsus savdo do‘konlarini qurish uchun joylar ajratilishini ta'minlaydi.

Belgilanishicha, “Golden egg of Namangan” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali yetkazilishi ko‘zda tutiladi.

“Golden egg of Namangan” MChJ tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda  Davlat reyestriga kiritilgan serhosil qishloq xo‘jalik ekinlari nav va duragaylarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib kelishni, ekishni tashkil etadi hamda suv va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid