«Mas'uliyati çeklangan hamda qöşimça mas'uliyatli jamiyatlar töğrisida»gi Qonunga tuzatişlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Birinçidan, ustav kapitalidagi uluşni (uning bir qismini) jamiyatning bir iştirokçisidan boşqalariga va uçinçi şaxslarga ötkaziş tartibi batafsil belgilandi. Endi imtiyozli sotib oliş huquqini amalga oşiriş istagida bölgan iştirokçi öz uluşini (uning bir qismini) sotişni taklif etayotgan iştirokçini 7 kunlik muddatda bu haqda xabardor qilişi kerak. Bunda uluşni töliq yoki uning muayyan qismini sotib olmoqçi ekanligi körsatiladi.
Voqealarning keyingi rivoji kelib tuşgan takliflarning umumiy miqdoriga boğliq:
• agar u sotilayotgan uluşning miqdoridan oşmasa, iştirokçilardan har biri uning öz xabarnomasida körsatgan qismini sotib oladi, agar uning qolgan qismi uçinçi şaxs ixtiyoriga ötkazilguniga qadar jamiyat iştirokçilaridan qöşimça takliflar kelib tuşmasa, uçinçi şaxsga ötkazilişi mumkin;
• agar u sotilayotgan uluş (uluşning bir qismi) miqdoridan oşsa, iştirokçilar, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat iştirokçilarining kelişuvida boşqaça taqsimlaş nazarda tutilmagan bölsa, ustav fondidagi öz uluşlari miqdorlariga mutanosib ravişda sotib oladi.
Ikkinçidan, ustav fondidagi uluşning 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan şaxs (bundan davlat mustasno), agar bungaça uluşlarga egalik qilmagan yoki 50%idan kamroğiga egalik qilgan bölsa, minoritar iştirokçilarga uluşlarini bozor qiymati böyiça öziga sotişni 30 kun içida taklif etişi şart. Ustavda şunday tartibot nazarda tutilgan bölsa, uşbu taklif jamiyat orqali yuborilişi mumkin. Jamiyat iştirokçisining öziga tegişli uluşini sotişi töğrisida 30 kun içida yozma roziligini olgaç, uni sotib olişi şart.
Uçinçidan, dividendlarni tölaş muddati belgilandi – u foydani taqsimlaş töğrisida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran 60 kundan oşmasligi kerak. Ularni tölaş muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki iştirokçilarning umumiy yiğilişi qarorida belgilanadi.
Qonunga ustav fondining eng kam miqdorini undan çiqarib taşlaş bilan boğliq bir qator tuzatişlar ham kiritildi.
Qonun 21.03.2019 yildan kuçga kirdi.












