O‘zbekiston | 23:34 / 30.03.2019
2738
1 daqiqa o‘qiladi

TIVda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati (YeTFX) bo‘linmasi maslahatchisi Andreas Kosentruyter bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmat xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, O‘zbekiston TIV va YeTFX o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroittifoq maxsus vakili Termiz va Orolbo‘yi mintaqasiga tashrif buyurishi xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid