Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuror Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazadi
Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta'minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida joriy yilning 2-3 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Otabek Murodov Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazadi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, 2019 yil 2 aprel kuni Jondor tumani musiqa va san'at maktabi binosida Qorako‘l, Olot, Jondor, Peshku, Romitan, Shofirkon hamda Buxoro tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Joriy yilning 3 aprel kuni esa Kogon shahar hokimligi binosida Buxoro va Kogon shahri, shuningdek Kogon, G‘ijduvon, Vobkent, Qorovulbozor tumanlari aholisi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.
Bosh prokuror qabuliga kirishni xohlagan fuqarolardan aynan qaysi masalada murojaat qilish istagida ekanliklari haqida imkoniyat darajasida avvaldan Buxoro viloyati prokuraturasiga 65-221-70-23 telefon raqami orqali murojaat qilish so‘ralgan. Bu murojaatni manzilli o‘rganish va joyida hal etish imkonini yaratadi.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026