Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrixonda Sharof Rashidov nomli kutubxona kitobga to‘ldirildi va yangi qiyofaga kiradigan bo‘ldi
Andijon viloyati, Shahrixon tumanining Ahmadbek qishlog‘ida o‘tgan asrning 80-yillarida siyosiy arbob va taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tashabbusi bilan bunyod etilgan kutubxona mavjud.
O‘zgacha arxitektura yechimiga ega Barkamol avlod mahallasidagi mazkur kutubxona axborot-resurs markaziga aylantirilganida Andijon Davlat tibbiyot institutiga berilgan edi.


Tuman hokimi rahbarlik qilayotgan sektor ishchi guruhi tomonidan mahalladagi o‘rganishlar davomida, kutubxona qarovsiz holga kelib qolgani aniqlandi. Ayni kunda ziyo maskani tuman hokimligining tashabbusi bilan kutubxona tuman madaniyat bo‘limi tasarrufiga olingan.

1 aprel kuni tashkil etilgan tadbirda tumandagi sektor rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, tashkilot, korxona, muassasalar, o‘quvchi yoshlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari ishtirok etib, kutubxonaga kitoblar sovg‘a qildilar. Aksiya natijasida kutubxona fondi 3500 donaga ko‘paydi.

Tadbirda tuman hokimi Hikmatillo Dadaxonov so‘z olib, kutubxona tez kunlarda “Saxovat qurilish” tashkiloti tomonidan mukammal ta'mirdan chiqarilishini aytib, kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida gapirdi.





Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
18:12 / 11.11.2025
Saida Mirziyoyeva Samarqandda yangi Bolalar kutubxonasi konsepsiyasi bilan tanishdi
14:13 / 10.11.2025
Navoiyda eng kam - 489 ta: hududlar kesimida kutubxonalar
22:20 / 07.11.2025
Toshkent metrosi bekatlarida kichik kutubxonalar tarmog‘i ochildi
18:59 / 13.08.2025