1962 yildan buyon Rossiya va AQSh munosabatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlar kuzatilmagandi. SSSRning haqiqiy vorisi Rossiya va NATO yetakchisi AQSh o‘rtasida yana nima yuz berdi?

Fikr almashinuvi

23 mart kuni Karakasga qo‘ngan Rossiya kosmik-havo kuchlari harbiy samolyoti bortida Quruqlikdagi kuchlar bosh shtabi boshlig‘i, general-polkovnik Vasiliy Tonkoshkurov boshchiligidagi 99 nafar harbiy askar bor edi. Vashington darhol eng yuqori minbardan Moskvani eslashni unutmadi.

AQSh Davlat departamenti kotibi Mayk Pompeo rossiyalik hamkasbiga qo‘ng‘iroq qilib, «Venesuelaga yetib kelgan rus harbiylari vaziyatni chigallashtirib, munosabatlar keskinligini oshirishga xizmat qiladi», deya fikr bildirdi. Mayk telefon suhbatda «Venesuela xalqining qiynalishi va inqirozni keng quloch ochishiga sabab bo‘layotgan Rossiyaning Maduroga ko‘magiga AQSh jim qarab turolmasligi»ni aytgan. Lavrovnning javobi juda oddiy bo‘ldi: «vaziyatni og‘irlashtirayotgan AQShning o‘zi, u mamlakatda davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi».

27 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp rus harbiylaridan Venesuelani tark etishni so‘radi