O‘zbekiston | 10:23 / 04.04.2019
1027
2 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi va The Economist Intelligence Unit O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash borasida hamkorlik qiladi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirligida Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qilmoqda.

The Economist Intelligence Unit The Economist (EIU) jurnalining 1946 yilda asos solingan analitik bo‘limi va uning asosiy maqsadi ko‘plab mamlakatlar, xalqaro tashkilot hamda yirik transmilliy korporatsiyalar uchun biznesni tahlil qilish hisoblanadi.

The Economist Intelligence Unit saylov jarayoni masalalari, plyuralizm, hukumat faoliyati, fuqarolik erkinligi, siyosiy madaniyat va mamlakatda aholining siyosiy faolligi kabi ko‘rsatkichlarga asoslangan xalqaro demokratik indeks va mamlakat xatarlari indeksi kabi muhim xalqaro indekslar tuzadi.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Adliya vazirligining xalqaro tashkilotlar tomonidan umumiy qabul qilingan reytinglarda mamlakat pozitsiyasini yaxshilashdagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar davlat va jamoat qurilishining turli sohalarida erishilgan yutuqlar samaradorligini baholash uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladigan metodologiya va mezonlar bo‘yicha fikr almashdi.

Tadbir yakunida Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit kompaniyasi delegatsiyasi xalqaro hamjamiyatga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xolis ma'lumot berishga va respublikaning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berishga tayyor ekanini bildirdi.

Bundan oldin, Moliya vazirligi va The Economist Intelligence Unit hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid