Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Toshkent shahrida 2017-2021 yillarda qurilgan ko‘p qavatli uylardagi turar joylarni sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Toshkent shahar hokimligining qaror loyihasi joylashtirildi.

Toshkent shahrida qurilgan ko‘p qavatli uylardagi turar joylarni sotib oluvchi talabgorni aniqlash tartibi

Tuman hokimliklarida tashkil etilgan komissiyalar:

Toshkent shahrida yashovchi yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda istiqomat qiluvchilar va yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolar, shu jumladan Toshkent shahrida 10 yildan kam bo‘lmagan davrda doimiy ro‘yxatda (propiskada) turgan budjet tashkilotlaridagi Davlat xizmatchilari va ishchilari mazkur nizomda belgilangan hujjatlarni qabul qilgan holda va ushbu nizomda belgilangan tartibda aniqlashni amalga oshiradi.

Talabgor quyidagi mezonlardan biri bo‘lgan taqdirda aniqlanadi:

a) yosh oilalar (nikoh qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nushasi taqdim etish);

b) eskirgan uy-joylarda istiqomat qiluvchilar (“Toshuyjoyloyiha” instituti xulosasini taqdim etish);

v) yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolar:

bir uyda (bir turar joyda) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashash (doimiy ro‘yxatda turgan boshqa oilaga tegishli hujjatlar taqdim etish);

turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turar joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi (uyning kadastr jildi, uy daftari nusxasi taqdim etish);

o‘z uy-joyining yo‘qligi va ijara hamda bepul foydalanish shartlarida turar joyda yashash (Yergeodezkadastr) Davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining Toshkent shahrida fuqaroning nomida uy-joy yo‘qligi to‘g‘risida ma'lumotnoma taqdim etish).

g) Toshkent shahrida 10 yildan kam bo‘lmagan davrda doimiy ro‘yxatda (propiskada) turgan Davlat tashkilotlari xodimlari (ish joyidan tavsiyanoma (birinchi rahbar imzosi bilan) va fuqaroning Toshkent shahrida kamida 10 yil mobaynida doimiy ro‘yxatda turganligi haqida ma'lumot taqdim etish).

Talabgorlar komissiyaga nizomda ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) ariza;