“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Jannat yöli”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Katta Qozirobod” masjidi imom-xatibi Abduqahhor Yunusov şarhlab berdi.
Video: Youtube
Jobir ibn Abdulloh (r.a) rivoyat qiladilar:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan bir kişi kelib söradi: “Yo Rasululloh! Agar farz bölgan namozlarni ado etsam, Ramazon rözasini tutsam, halolni halol deb bilib, haromni harom desam. Va bu narsaga biror narsani ziyoda qilmasam, jannatga kiramanmi?”. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “Ha, kirasan”, dedilar.
Imom Muslim rivoyati.
Azizlar! “Haromni harom deb bilsam”, degani ularni qilişdan saqlansam, deb tuşunsa bölarkan. Ya'ni, Alloh taolo harom qilgan narsani harom deb bilsa, bu iymon taqozosi. Zotan harom bölgan narsani halol deyişlik iymonga zarar yetkazadi, undan ajraladi, hattoki ayoliga taloq tuşadi. Bu kişining söragan sörovida Rasululloh sallollohu alayhi vasallam hadisning söngidagi javoblari juda buyukdir.
Ya'ni, haligi kişi toqati yetadigan narsalarini sanadi. Bularning içida eng muhimlari haromni harom deb bilişlik, musulmondan talab qilinadigan iş hisoblanadi. Zero, aqida masalasi, e'tiqod masalasidir.
“Halolni halol deb bilsam”, degani halolligiga işonib ularni bajarsam deganidir. Bu ma'noda, birinçi navbatda, ongimizda luqma tuşunçasi keladi. Halolni halol deb bajariş, musulmonning ziynati, fayzi, darajasi, uluğligi böladi. Boşqa din vakillarining oldida musulmonni körsatib turadigan narsa ham aynan şu – halolni halol, haromni harom deb bilişlikdir.











