Endilikda biz yetakçilarga unçalik muhtoj emasmiz - biroq biz istagan yetakçilar judayam kam.

Biz yetakçilik aslida nima ekanini göyoki unutgandekmiz va uni boşqa narsa bilan adaştiryapmiz, deb yozadi Harvard Business Review.

Yetakçi bölmaslik nima? Bu birinçidan, omma oldida çiqişlar qilmaslik. Yetakçilik yuz işorasini töğri holatga keltiriş, qatorlarni töğri eslab qoliş, mos keluvçi fursatlarda muştni tugiş emas. Bu mohiyat. Farqini tuşuntirişga izn bering. Vaziyat ssenariyda yozilganidan çetga çiqişni, tomoşabin örnidan turişni yoki teatr devorlari buzilişni boşlaganida nima yuz beradi? Aktyor improvizatsiya qilişni bilmasa, falajlik holatida qoladi. Bugungi kunda guvohi bölayotgan holatimiz ham xuddi şunday: yetakçi xoh siyosiy, xoh ijtimoiy, madaniy va korporativ bölsin, noaniq dunyodagi murakkab davrda falajlik holatida qoladi. Şuning uçun ssenariylarni örganamiz, qatorlarni yodlaymiz, muştimiz burçaklarini sinçkovlik bilan tekşiramiz.

Oddiy bir misol keltiramiz. Ön yil muqaddam heç kim Nokia rözğordagi eski xotiraga aylangan buyumdek bir nomga aylanişini başorat ham qila olmasdi. Şunga qaramay, qulaş yuz berdi, Nokia yetakçilari özlarini işonç beruvçi, öziga işongan, xotirjam, çiroyli nutqlar sözlovçi yetakçilar kabi tutişgan bölsa-da, yetakçi emasdilar. Ular kelajak kompaniyasini yaratiş uçun bajarişlari kerak bölgan işni amalga oşirmadilar. Çunki kelajak noaniq va bu holat kişini ayrim hollarda qat'iyatsiz, qöpol va ahmoq bölib körinişga majbur qiladi.

Yetakçilik “yuqori samaraga ega böliş”da ham namoyon bölmaydi. Şunga qaramay,   yetakçilarni daromadlarni oşiruvçi va maqsadlarga erişuvçi kişilar orasidan izlaymiz. Biroq yetakçining asosiy vazifasi – keçagi vazifalarni yanada samaraliroq bajariş ham emas. Yetakçilik unumdorlik ğoyasini tölaqonli anglaş demakdir. Öylab köring: Ebay asosçisi Per Omidyar (Pierre Omidyar) ehtimol Sotheby’ning buyuk auksionçisiga aylanmasdi. Vikipediya muassislaridan biri Jimmi Uels (Jimmy Wales) Britaniya ensiklopediyasi boş direktorligi lavozimidan çetlaştirilgan bölardi. Craigslist asosçisi Kreyg Nyumark e'lonlarning yaxşi muharririga aylanmasligi ham mumkin edi.

Agar maqsadimiz ana şunday yetakçilarni aniqlaş va rivojlantiriş bölsa, ularni eng yaxşi ijroçilar orasidan topa olmaymiz. Biroq ular natijalar qanday bölişi mumkinligi haqidagi tasavvurlarimizga tahdid soluvçilar orasida mavjud bölişi ehtimoli bor. Agar “a'loçilar”nigina yetakçilik sari olğa sursak, undan köproği qölga kiritilmaganiga hayron qolişimiz kerakmikan?