O‘z davrida AQSh ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta'sir o‘tkaza olgan milliarder, metsenat va siyosatchi Ross Pero 9 iyul kuni vafot etdi. Bil Geyts 13 yoshda bo‘lganda, Pero birinchi milliard dollarni aynan kompyuterlar orqali ishlab topgan. U AQShning ikki partiyaviylik tizimini yakson qilishiga bir baxya qolgandi.
Texnologiyalar ortidan kelgan milliardlar
Ross Pero 1930 yili Arizonadagi uncha katta bo‘lmagan Teksarkana shahrida mato sotib, tirikchilik qilgan oilada dunyoga keldi. Shu tufayli, Ross yoshligidan savdo ishini puxta o‘rgangan, mijozlar bilan muzokara o‘tkazish, tovarni sotish bo‘yicha alohida iqtidorga ega bo‘lgan. Maktabni bitirgan yosh Pero 1949 yili Merilenddagi harbiy akademiyaga hujjat topshirgan.
1957 yili esa u ona shahri tomon qaytishga, oilasiga yaqin bo‘lishga qaror qildi. Ross Texasda eng birinchi IBM 704 kompyuterlarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan IBM kompaniyasi jamoasiga qo‘shildi. Oradan besh yil o‘tib, Pero o‘zining mustaqil biznesi – Electronic Data Systems'ga asos soldi. Uning kompaniyasi katta ma'lumotlarni qayta ishlash bilan shug‘ullangan. 1965 yili EDS Prezident Lindon Jonson tomonidan yaratilgan federal tibbiy ta'minot tizimi bilan hamkorlikni boshladi. Oradan uch yil o‘tib, Pero kompaniyani ochiq aksionerlik jamiyatiga aylantirdi va aksiyalar qiymati 10 baravar oshib ketdi. Aksiyalar savdosi orqali u birinchi milliardni qo‘lga kiritdi, shuningdek, kompaniya boshqaruv paketini o‘zida saqlab qoldi.
Vetnam urushida Amerikaliklar uchun kurash
Rossning ismi siyosat olamida 1969 yilda ko‘p bora yangradi: u shu paytda Xanoyga diplomatik missiya bilan tashrif buyurdi. Vetnam urushida asirga tushgan amerikalik harbiylarni qutqarish bo‘yicha ko‘p marta jamoatchilik e'tiborini tortdi. Ross AQSh hukumatini ayrim ma'lumotlarni yashirib, soxtalashtirishda ayblagan, jumladan Vetnam va Laos hududida asirga tushgan askarlar soni hujjatlarda ko‘rsatilganidan ko‘p bo‘lishi taxmin qilingan.
1992 yili Pero prezidentlik saylovida ishtirok etishga qaror qilgani haqida gapira boshladi. Federal hukumatga qarshi kurashlar orqali tanilgan Pero noodatiy imidjga ega edi.
Amerikalik birinchi populist
Jorj Bush va Bill Klinton kurashida Pero mustaqil nomzod sifatida kampaniyaga qo‘shildi. U bu haqda Larri King bilan o‘tadigan shouda e'lon qildi. Bundan keyin ham ko‘p marta shou, ko‘rsatuvlarda ko‘rinish berib, telekanal orqali saylovchilar mehrini qozonishga harakat qildi. U har bir chiqishida Vashington istibleshmentidan mamlakatni ozod etishga va'da berardi, aynan mana shu omilni mamlakat iqtisodiyotiga soya solib turgan xavf sifatida talqin etardi. Peroning chiqishlari samara bera boshladi: u ikki partiyaviylikni tugatib, yangi demokratik













