O‘zbekiston | 07:56 / 26.07.2019
10593
3 daqiqa o‘qiladi

Davlat soliq qo‘mitasi hay'ati a'zolari tarkibi tasdiqlanadi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hay'ati a'zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hay'ati a'zolarining soni 9  nafardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hay'ati quyidagi tarkibda tasdiqlanadi:
1. Musayev Behzod Anvarovich - Rais
2. Mirzayev Mubin Muxidinovich - Raisning birinchi o‘rinbosari
3. Turabov  Bahodir To‘xtamishovich - Rais o‘rinbosari
4. Fayzibayev Alimjan Elchiyevich - Rais o‘rinbosari
5. Lavozimi bo‘yicha - Rais o‘rinbosari
6.  Mahkamov Mirziyod Mirvaxidovich  - Rais o‘rinbosari
7. Tursunov Akmal Shomurotovich - Ichki audit boshqarmasi boshlig‘i
8. Axmedjanov Farrux Karimovich - Strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
9. Lavozimi bo‘yicha - Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

Qayd etilishicha, mazkur qaror loyihasi Davlat soliq qo‘mitasi hay'ati a'zolarining yangi tarkibini tasdiqlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi 320-son «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom»ning 44-bandida Qo‘mita raisi (hay'at raisi), raisning birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha) va qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi qo‘mita tarkibiy tuzilmalari rahbarlari va Hududlararo inspeksiya boshlig‘idan iborat tarkibda hay'at tashkil etilishi, hay'atning soni va shaxsiy tarkibi Qo‘mita raisining taqdimiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hay'at a'zolarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2017 yil 5 maydagi 260-son qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasining hay'ati 9 kishidan iborat tarkibda tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PF-5605-son Farmoni hamda 26 dekabrdagi PQ-4085-son qaroriga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi rahbarlik lavozimlarida, shu jumladan hay'at a'zolari bo‘lgan rahbarlik lavozimlarida o‘zgarishlar bo‘lgan.

Yuqoridagilarga asosan Davlat soliq qo‘mitasi hay'ati a'zolarining yangi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid