Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash maqsadida multiindikator klaster kuzatuvlari o‘tkaziladi
2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, kuzatuvlar respublikada bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda “Multiindikator klaster kuzatuvi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Davlat statistika qo‘mitasi va BMT Bolalar jamg‘armasining (YUNISEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida uch tomonlama kelishuv imzolangan.
Qaror bilan “2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvi”ni o‘tkazish uchun Milliy sohalararo muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi hamda kuzatuvni o‘tkazish sxemasi tasdiqlandi.
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilandi:
global “Multiple indicator cluster survey” (MICS) dasturi talablariga muvofiq kuzatuvga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;
kuzatuv o‘tkazish uchun vakolatli organ hamda davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirib borish;
global MICS dasturining umumiy tavsiyalariga muvofiq kuzatuv rejasi va budjetini tasdiqlash;
kuzatuvga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazilishi ustidan nazorat olib borish;
kuzatuv savolnomalarini tasdiqlash.
Davlat statistika qo‘mitasi kuzatuvni o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi va YUNISEF bilan hamkorlikda quyidagi vazifalar amalga oshirilishini ta'minlaydi:
kuzatilishi lozim bo‘lgan uy xo‘jaliklari soni va ro‘yxatini shakllantirish;
global MICS dasturining umumiy tavsiyalariga muvofiq kuzatuv rejasi va budjetini ishlab chiqish va kengashga tasdiqlash uchun kiritish;
kuzatuv savolnomalarini ishlab chiqish va kengashga tasdiqlash uchun kiritish;
kuzatuvni o‘tkazish uchun ekspertlarni, shu jumladan xalqaro ekspertlarni jalb etish;
savolnomalarni to‘ldirish bo‘yicha intervyuyerlar uchun yo‘riqnomalarni ishlab chiqish;
kuzatuv o‘tkazish uchun mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv treninglar tashkil etish;
joylarda kuzatuvni o‘tkazish.
Sog‘liqni saqlash vazirligi kuzatuvni o‘tkazishda ishtirok etadigan xodimlarga bolalarning immunizatsiya holatini o‘rganish maqsadida kuzatuv o‘tkaziladigan joylardagi oilaviy poliklinikalarda besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning individual tibbiy kartalaridan foydalanish uchun sharoit yaratib beradi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Ichki ishlar vazirligi 2021 yil 1 oktyabrgacha kuzatuv natijalaridan kelib chiqqan holda tegishli yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mavzuga oid
18:13 / 28.08.2025
Jizzaxda ota farzandlariga zo‘ravonlik qildi
10:26 / 03.07.2024
O‘zbekistonda 6 oyda qancha oila yarashtirilgani ma’lum qilindi
16:50 / 24.06.2024
Senat raisi “Rahbar ayollar maktabi” tinglovchilari bilan uchrashdi
10:42 / 02.06.2024