O‘zbekiston | 14:10 / 27.07.2019
2436
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston qutqaruv xizmatlari ilk bor hamkorlikda o‘quv mashqlari o‘tkazadi

Foto: FVV matbuot xizmati

Joriy yilning sentabr oyida Qirg‘izistonning Botken viloyatida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston qutqaruvchilarining hamkorlikdagi birinchi o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

FVV xabariga ko‘ra, o‘tkazilishi kutilayotgan bu mashg‘ulotlarda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yong‘in-qutqaruvchilari texnogen va tabiiy ofatlarni bartaraf etishda o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini ko‘rib chiqadi.

Hozirgi kunda mutaxassislar uch davlatning hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilish tartibini kelishib olishmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid