O‘zbekiston | 18:10 / 27.07.2019
1422
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston – Yaponiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkaziladi

29 iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Yaponiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Yaponiya TIVning Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha maxsus vakili Hideki Uyama boshchiligidagi delegatssiya tadbirda ishtirok etish uchun mamlakatimizga keladi.

2 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Yaponiya favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Itoni qabul qilgandi.

Elchining O‘zbekistondagi uch yillik faoliyati davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashib, uning doirasida mamlakatimizda energetika, transport, telekommunikatsiya, sog‘liqni saqlash va ta'lim sohalarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid