2019 yil 6 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP va “Adolat” SDP fraksiyalarining taşabbusi bilan navbatdagi “Hukumat soati” ötkazildi. 

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabariga köra, unda deputatlarning “Mamlakatda meva-sabzavot yetiştiriş böyiça klaster tizimiga ötişning samaradorligi va bu borada istiqboldagi vazifalar yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar töğrisida”gi masala yuzasidan savollariga javob beriş uçun Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi rahbariyati taklif qilindi.

“Hukumat soati”da deputatlar ixtisoslaşgan klasterlarda meva-sabzavotlarni xalqaro standartlar talablarida yetiştiriş, ularga kafolatli talabgor buyurtmaçilar röyxatini şakllantiriş, daladan töğridan-töğri iste'molçiga yetkazib beriş, qayta işlaş, qadoqlaş va eksport masalalari hamda transport-logistika tizimini yölga qöyiş bilan boğliq muammoli holatlar yuzasidan bir qator savollar bilan murojaat etdilar.

Qayd qilinganidek, bugungi kunda respublikada 241 mingta qişloq xöjalik texnikasi, şundan 52 mingta traktor mavjud. Traktorlar bilan ta'minlanganlik darajasi sabzavot va polizçilikda – 54 foiz, boğdorçilik va uzumçilikda – 48 foiz, çorvaçilikda – 55 foizni taşkil etadi. Şundan boğdorçilikka ixtisoslaşgan traktorlarning 57 foizi, transport traktorlarining 41 foizi, haydov traktorlarining 31 foizi öz xizmat muddatini ötab bölgan.

Qişloq xöjaligi vazirligi mutasaddisi uşbu muammo yuzasidan parlament vakillari bergan savolga javob qaytarar ekan, mazkur masalani ijobiy hal etiş maqsadida prezident tomonidan yaqinda imzolangan “Qişloq xöjaligi maşinasozligini jadal rivojlantiriş, agrar sektorni qişloq xöjaligi texnikalari bilan ta'minlaşni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorga asosan, meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan klasterlarda 2019-2025 yillarda 100 mingdan ortiq yangi qişloq xöjaligi texnikasi, jumladan, 18 ming 744 ta meva-sabzavotçilikka moslaştirilgan texnikalar işlab çiqarilib, joylarga yetkazib berilişi belgilanganini qayd etib ötdi. Şuningdek, respublikada işlab çiqarilgan zamonaviy texnika sotib olişda qiymatini 15 foizini subsidiyalaş hamda bank krediti yoki lizingga sotib olingan texnikalar böyiça foiz stavkalarining 50 foizini davlat tomonidan qoplab beriş mexanizmi joriy etilganini ma'lum qildi. Albatta, uşbu mexanizmlar qişloq xöjaligi işlab çiqarişini mexanizatsiya darajasini oşiriş, agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli ötkaziş, hosildorlikni kamida 15-20 foizga oşiriş imkonini berişini ta'kidladi.

Öz navbatida, deputatlar vazirlikning meva-sabzavot yetiştiriş böyiça klaster tizimiga ötişning samaradorligini yanada oşiriş borasidagi istiqboldagi rejalari, körilayotgan çora-tadbirlari xususida qiziqdilar. Şuningdek, klasterlar tomonidan yetiştirilayotgan meva-sabzavotlarni xorijga eksport qiliş borasida yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etiş yönalişida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan savollar berdilar.  

Tadbir yakunida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qömitalariga sohaga oid amaldagi qonun hujjatlarini va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş yuzasidan takliflar işlab çiqiş tavsiya etildi. Şu bilan birga, mazkur yönalişdagi işlar yuzasidan samarali parlament nazoratini ta'minlaşga kelişib olindi.