Rohingya musulmonlari Myanmaga qaytishga qarshi chiqishdi
![](https://storage.kun.uz/source/4/FFSKWGv3YLvMhjtU4K7gf8UbhW3ul3JO.jpg)
Foto: AFP
Bangladeshdagi qochqinlar lagerlaridagi rohingya musulmonlari Myanmaga qaytarilishlariga qarshi chiqishmoqda. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Qochqinlar Myanma hukumati ularga fuqarolik va xavfsizlik kafolati berishini talab qilishmoqda.
“Birorta rohingya talablar qondirilmaguncha qaytishni istamayapti”, deb aytgan jurnalistlarga Bangladesh vakili Abulqalam Abdulmo‘min. Uning aytishicha, Bangladesh hukumati va BMT tomonidan so‘rov qilingan 295 ta oiladan birortasi Myanmaga qaytishga rozi bo‘lmagan.
Ayni vaqtda Bangladeshdagi qochqinlar lagerlarida Myanmadan harbiylar ta'qibidan qochgan 700 mingga yaqin rohingya musulmoni bor.
Avvalroq Myanmada rohingya musulmonlarining qaytishi uchun zarur sharoitlar hamon yaratilmagani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/gfXVi1hzu9tEaYoOQJGULxo-hnwON9Dn_medium.jpg)
08:50 / 22.07.2024
Bangladeshda politsiya 50 dan ortiq namoyishchini otib o‘ldirdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/5fAzt2CHb4nsq_j3CjTD9chgZZeQUIio_medium.jpg)
20:41 / 21.07.2024
Bangladeshda sud namoyishlarga sabab bo‘lgan kvotalarni bekor qildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/jIFfLlcOtQ16actSI0XFRcERIozp-Yam_medium.jpg)
13:49 / 21.07.2024
Bangladeshda tartibsizliklar: o‘nlab kishi halok bo‘lgan, yuzlab kishi yaralangan, binolarga o‘t qo‘yilgan
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/JuSVs68kUn6SAs3WZljpvVIOhlrqt7gc_medium.jpg)
12:06 / 01.03.2024