14:05 / 30.09.2019
9
51040

Senatda Shuhrat G‘aniyev masalasi odob komissiyasi yig‘ilishida ko‘rilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Senati yig‘ilishida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Senat raisi Tanzila Norboyeva Facebook’dagi sahifasida Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nutqi 2 kundan buyon jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilib kelinayotgani haqida yozib, bugun hokim xatti-harakatlari yuzasidan Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazilishini ma'lum qilgandi.

Bundan avvalroq, Farg‘ona viloyati hokimi soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqib, bunga bo‘ysunmaganlarni qamash bilan tahdid qilgani yozilgan audio tarqalgan edi. Farg‘ona viloyati hokimi selektor davomida turk insvestorining soqolini olishni buyurgan, viloyatdagi ish joylarida namoz o‘qishga sharoit yaratiladigan holatlar aniqlansa, o‘sha korxona rahbariga jinoyat ishi ochilishini aytgani, shuningdek, oldida kim bo‘lishidan qat'i nazar ro‘mol o‘rab olgan ayolga ko‘zi tushsa, uning ro‘molini o‘sha tuman hokimi og‘ziga tiqib qo‘yish bilan tahdid qilgan.

Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati Shuhrat G‘aniyevning tarqalgan audiosi bo‘yicha rasmiy bayonot berib, hokimning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinganini bildirgandi.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top