XTV maktablar rahbariyati nega yillar davomida pul yig‘ishga majbur bo‘lganini tushuntirdi
OAV vakillari va blogerlar maktablarda pul yig‘imi masalalari bo‘yicha turli ma'lumotlarni e'lon qilmoqda, deb yozadi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.
Ta'kidlanishicha, maktab ta'limi tizimiga ajratiladigan mablag‘larning 90 foizi o‘qituvchi va maktab rahbarlari maoshiga yo‘naltiriladi. Qolgan mablag‘ni maktab ma'muriyati muassasalarni joriy ta'mirlash va obodonlashtirish hamda muassasani yangi o‘quv yili hamda kuz-qish mavsumiga tayyorlashga sarflashi lozim. Bu mablag‘lar maktablarni to‘liq va sifatli ta'mirlashga yetmaydi. Shu tufayli maktab rahbariyati yillar davomida pul yig‘ishga majbur bo‘lgan.
Joriy yilda maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun pullik xizmat (bo‘sh joylarni ijaraga berish, pullik to‘garak)larni tashkil etish imkoniyati yaratildi. Qo‘shimcha mablag‘ topgan holda xodimlarni rag‘batlantirish va maktabning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga imkon berildi.
Qo‘shimcha mablag‘ topishning yana bir yo‘li homiylarni jalb etishdir. Homiylar turli korxona, sobiq bitiruvchilar, o‘quvchilarning ota-onalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Maktablarda majburiy pul yig‘ish taqiqlanadi. Homiylik ixtiyoriy tarzda va qonuniy tashkil etilishi lozim. Ya'ni, pul mablag‘lari maktab hisobiga tushishi va homiylar mablag‘larni sarflanishi bo‘yicha ma'lumot olishi uchun sharoit yaratilishi kerak.
Bu yil maktablarda Kuzatuv kengashlari tashkil etildi. Kengashga o‘quvchilarning ota-onalari, sobiq bitiruvchilar, o‘qituvchi va boshqalar saylanishi mumkin. Kuzatuv kengashlariga budjetdan hamda qo‘shimcha ishlab topilgan mablag‘larni samarali va maqsadli sarflanishini nazorat qilish imkoniyati yaratilgan, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
07:22 / 12.09.2022
IIBB 142-maktabda o‘quvchilar tekshirilgani bo‘yicha izoh berdi
16:39 / 08.09.2022
Navoiyda ehtiyojmandlarga ajratilgan yordam pullari “tuya” qilinyapti
19:10 / 31.08.2022
Baxtiyor Saidov o‘qituvchilar toifasi masalasida izoh berdi
20:46 / 09.08.2022