Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tartibiga qanday o‘zgartishlar kiritildi?
Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan muhokama qilinib, ma'qullangan edi. Joriy yilning 7 noyabr kuni prezident mazkur Qonunni imzoladi.
Oliy Majlis Senati a'zosi Shuhrat Cho‘lliyevning yozishicha, Qonunda umumiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uning ayrim qismlarini berish, umumiy mulkni saqlab turish va umumiy xarajatlar, joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi natura holida ajratilishi mumkin emasligi belgilanmoqda. Ko‘p kvartirali uydagi joylar maqomi, ularning huquqlari va majburiyatlari belgilanmoqda.
Shu bilan birga, Qonunda shunday tartib o‘rnatilmoqdaki, unga ko‘ra ko‘p kvartirali uydagi noturar joy egalari ham ko‘p kvartirali uyni boshqarishda ishtirok etishi, shuningdek umumiy mulkni saqlab turish uchun umumiy xarajatlarni amalga oshirishi kerak.
Qonunda ko‘p kvartirali uyni boshqarishning umumiy qoidalari tartibga solinmoqda. Jumladan:
uydagi joy egalari umumiy yig‘ilishi ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi oliy organ hisoblanadi, umumiy yig‘ilishni chaqirish tartibi va vaqti, vakolatlari va qarorlar qabul qilish jarayoni belgilanmoqda;
ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli (1 – bevosita joylar egalari tomonidan, 2 – boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi tomonidan, 3 – mulkdorlar shirkatlari tomonidan) uydagi joylar egalari umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi;
boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlab olish maqsadida ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun ochiq tanlov o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.
Shunday nizom nazarda tutilmoqdaki, unga ko‘ra ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi organlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash raqobatni rivojlantirish, soliq imtiyozlarini berish, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun shart-sharoit yaratish orqali ham amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun 2020 yil 1 avgustdan boshlab kuchga kiradi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga quyidagilar topshiriladi:
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda ushbu Qonun normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazilishini ta'minlash;
huquqiy eksperimentning mohiyati va vazifalari ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borilishini, shuningdek aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari o‘tkazilishini ta'minlash;
huquqiy eksperiment yakunlari bo‘yicha 2020 yil 1 iyunga qadar bo‘lgan muddatda ushbu Qonun normalarini yanada takomillashtirish va uni respublikaning boshqa hududlarida qo‘llash to‘g‘risida Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga takliflar kiritish.
Mazkur chora-tadbirlar Qonun qoidalarining amaliy samaradorligini o‘rganish va Qonun normalarini jamoatchilik takliflarini hisobga olgan holda takomiliga yetkazish maqsadida uning normalarini Qonun respublikaning butun hududida kuchga kirishidan oldin alohida bir hududda sinab ko‘rish imkonini beradi.
Mavzuga oid
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024
Kreativ iqtisodiyot sohalaridagi faoliyat yo‘nalishlari qonun bilan belgilandi
14:21 / 02.10.2024