Za'faron (şafran) dunyoning köp mamlakatlarida tijoriy maqsadda katta maydonlarga ekib parvarişlanadi. Sönggi yillarda Özbekistonda ham za'faron yetiştirişga e'tibor qaratilmoqda. Prezidentning 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida za'faron ösimligi plantatsiyalarini taşkil etiş va xomaşyolarini tayyorlaş böyiça topşiriq berilgan va vazifalar belgilab olingan edi. 

Mazkur topşiriq böyiça 2017 yili Örmon xöjaligi davlat qömitasi hamda “Brand Investment Group” MÇJ tomonidan Niderlandiyadan 36,4 tonna za'faron ösimligining tuganak piyozi keltirilib, Andijon davlat örmon xöjaligi hududi 5 gektar maydonda za'faron ösimligining  onalik plantatsiyalari taşkil etildi. 

2018 yilda esa respublika böylab 14 ta örmon xöjalik yerlarida jami 25.7 gektar örmon fondi  maydonda  za'faron tuganak piyozlari ekiş işlari amalga oşirilib,  plantatsiyalar  barpo etilgan. Bugungi kunda uşbu maydonlarda dorivor şafran ösimligini parvarişlaş işlari olib borilmoqda. 

2019 yilda esa 30 ta örmon xöjaliklarida 65 gektar maydonda za'faron plantatsiyalari barpo etilib bu körsatkiç 2018 yildagiga nisbatan 39.3 gektar köp maydonni taşkil etadi. 

Hozirgi kunda Andijon viloyatida 5,3 gektar, Toşkent viloyatida  14,2 gektar, Farğona viloyatida 4 gektar, Namangan viloyatida 7,6 gektar, Jizzax viloyatida 7 gektar, Samarqand viloyatida 21 gektar, Qaşqadaryo viloyatida 13 gektar, Surxondaryo viloyatida 17,5 gektar, Navoiy viloyatida 6 gektar jami 95,6 gektar örmon fondi maydonlarda za'faron ösimligi plantatsiyalari barpo etildi.

Za'faron ösimligidan yildan yilga köproq xomaşyo oliş mumkin. Hozirgi kunda yuqoridagi maydonlardan örtaça 50 kilogramm atrofida eksportbop za'faron  guli xomaşyosini tayyorlaş kutilmoqda. 

Za'faron ösimligi xomaşyosining tibbiyot va oziq – ovqat sanoatidagi ahamiyati juda  katta. Oziq-ovqat sanoatida şafran gulçanglaridan turli hil mahsulotlarga rang, hid va ta'm beruvçi ziravor sifatida foydalaniladi. 

Za'faron dorivor ösimligi buriştiruvçi va erituvçi bölib, yetiltiruvçi xususiyati ham bor. Issiqligi mö'tadil bölganligi uçun tomirdagi har xil tiqilmalar yoki tromblarni davolaşda foydalaniladi. Içki a'zolarni kuçaytiradi, tana terisi rangini çiroyli , közni ravşan qiladi va yurak faoliyatini kuçaytiradi. Balğam köçişini osonlaştirib, nafas a'zolarining faoliyatini bir maromga soladi. Za'faron xomaşyosi tarkibida  karotinoidlar, flavonoidlar, efir moylari, V, V2 vitaminlari, yoğ azotli moddalar, qandlar, kaliy va kalsiy birikmalari mavjud.