Samarqandda turizm masalalari böyiça matbuot anjumanida şu masalaga ham töxtalib ötildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda Samarqand viloyat hokimining turizm masalalari böyiça örinbosari Botir Nurillayev sohaga oid ma'lumotlarni taqdim etdi. Ta'kidlanişiça, bugungi kunda Samarqandda 142ta mehmonxona va 135ta oilaviy mehmonxonalar mavjud. Turoperatorlar soni esa 170ta.
2018 yil davomida Samarqandga 351 ming xorijiy, 2,1 million mahalliy sayyohlar taşrif buyurgan. 2019 yil 1 noyabrgaça bu körsatkiç xorijiy sayyohlarda 491 ming, mahalliy sayyohlarda 2,18 millionni taşkil etgan.
Hokimlik ma'lumotiga köra, Samarqandda yaqin orada «halol turizm» yönalişi yölga qöyilişi kutilmoqda. Bugungi kunda Imom Buxoriy majmuasida tasdiqlangan reja asosida ziyorat mehmonxonalari qurilmoqda. Şuningdek, «halol» standarti böyiça restoranlar va boşqa turdagi infrastruktura obektlari qurilişi boşlangan.
Bugungi kunda sayyohlarning Samarqandda qoliş körsatkiçi örtaça 2,6 kunni taşkil etadi. Bu raqamni yana bir kunga oşiriş maqsadida ziyorat turizmidan taşqari yana eko va etnoturizmni rivojlantiriş közda tutilgan. Misol uçun, Samarqanddagi Zarafşon milliy boği öziga xos noyob tabiiy muhiti, ösimlik va hayvonot olami bilan noyob turistik obekt hisoblanadi. Ekoturizmni rivojlantiriş maqsadida hududdan 300 gektar yer ajratilgan. Bir qator xizmatlar yölga qöyilgan. Ammo bu kabi loyihalarni rivojlantiriş uçun şahar taşqarisida yölning sifati, umuman, infratuzilmani şakllantiriş lozim.
Viloyatdagi 23ta qişloqda etno, ekstremal, toğ, agro va ekoturizmni yölga qöyiş imkoni bor. Aynan yuqoridagi muammo, yöl, kommunal sohaning sifatsizligi şu kungaça bu imkoniyatlardan foydalanişga tösiq bölib kelgan. Şundan kelib çiqib, belgilangan qişloqlarda 2020-2021 yillarda 121 kilometr yöllarni rekonstruksiya qiliş, 13 kilometr piyodalar yölagi quriş va ta'mirlaş közda tutilgan.
Şahar markazidagi Islom Karimov köçasi va uning atrofini esa örta asrlar körinişida qayta ta'mirlaş rejalaştirilgan. Unga köra, mazkur köçadagi barça savdo va maişiy xizmat körsatiş obektlari, boşqa binolar tarixiy usulda qayta quriladi. Köçadan atrofdagi mahallalarga yölak oçilib, atrofdagi mahalla ham şunga monand köriniş oladi.
Umuman, Samarqandda turizmni rivojlantiriş böyiça şu yil 30 sentyabrda Vazirlar Mahkamasi qarori ham e'lon qilingan. Uşbu hujjatda sohaga oid barça muammolar qamrab olingan. Xususan, xalqaro moliya institutlari tomonidan ham sohaga yirik miqdorda investitsiya kiritiş közda tutilmoqda.












