Bugun köpçiligimizning iş faoliyatimiz bevosita smartfonlar va kompyuterlar bilan boğliq. Keçga yaqin közlar çarçaydi, yoşlana boşlaydi, közlar ravşanligi pasayadi, közlarning qizarişi esa bizni gözal qilmasligi aniq. Bu közlarning kompyuterdan çarçaşidir. Statistika ma'lumotlariga köra, bu holatdan gadjetlardan muntazam foydalanuvçilarning 70% dan ortiği aziyat çekar ekan. Keling bir körib çiqaylik: közlar çarçaganda yordam beradigan vositalardan qaysi biri samaraliroq?

Közlarimizga qanday yordam berişimiz mumkin
Oftalmologlar astenopiyani (közlar çarçaşi sindromi) yangi «epidemiya» deb atamoqda: ofis xodimlari va maktab öquvçilarining 92% vaqti-vaqti bilan uning alomatlarini his qilişadi (köp hollarda kompyuter bilan işlagandan keyin). Közlar toliqişidan quyidagi alomatlar dalolat beradi: köz oldini parda qoplaydi, buyumlar noaniq körinadi, yoş oqişi bezovta qiladi, közlarga qum kirib qolganday his paydo böladi, közlarning ötkirligi pasayadi. Muammoni keskin hal qilib, texnikadan ba'zida foydalaniş – yeçim emas. Közlarning çarçoğini qanday bartaraf etiş mumkin? Tibbiyot xodimlari kompyuter bilan işlaş qoidalariga amal qilişni va iş örnini oqilona taşkillaştirişni maslahat beradi.
1-Qoida. Töğri iş maromini yaratiş zarur. Kuniga umuman 6 soatdan ortiq va uzluksiz 1,5 soatdan ortiq monitor oldida ötirmaslik zarur (şu oraliqlarda ön beş daqiqalik tanaffuslarni qiliş muhim).
2-Qoida. Qulay iş zonasini taşkil qiling. Monitorni köça çiroqlari yoki stol çiroğining şu'lasi tuşmaydigan tarzda burib qöyiş, kiçikroq qiyalik hosil bölişi uçun uning pastki çekkasini biroz çiqariş va közlardan 50-60 sm masofada joylaştiriş kerak. Devorlari bir xil oq rangda bölgan ofislarda közlar kuçliroq toliqadi, çunki ularda qaraş mumkin bölgan narsaning özi yöq. Ofis devorlarining rang-barang bölişi közlar uçun yaxşiroq hisoblanadi.
3-Qoida. Iş stolingizda közlar toliqişida yordam beradigan namlantiruvçi tomçilar tursin. Uni quyidagi mezonlarga qarab tanlang: közlar uçun fiziologik bölgan tarkib, yaqqol namoyon böladigan namlantiruvçi samara, yoşning himoya xususiyatlarini tiklaş qobiliyati. Agar Siz kontakt linza taqsangiz, unda tarkibida linzalarni şikastlaşi mumkin bölgan tajovuzkor konservantlari bölmagan vositani tanlaş lozim. Yana: közlarning çarçaşi va zöriqişida yordam beradigan unça qimmat bölmagan tomçilarni topişning iloji bor. Narx-sifatning optimal nisbati – yevropalik işlab çiqaruvçilarning muhim xarakteristikalaridan biridir.










