Şu yilning 13 dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi Missiyasining joriy yil 25 noyabrdan 10 dekabrgaça bölgan davrni qamrab olgan, parlament saylovlarini kuzatiş böyiça oraliq hisoboti e'lon qilindi.
Missiyaning oraliq hisoboti Özbekistondagi saylovlarni kuzatiş böyiça barça avvalgi hisobotlardan sezilarli darajada farq qiladi. Xususan, saylov qonunçiligi va saylov amaliyotini takomillaştirişdagi sezilarli yutuqlar e'tirof etilgan, hukumatning davlat va jamiyat boşqaruv tizimini modernizatsiya qiliş borasidagi sa'y-harakatlari ta'kidlangan.
Oraliq hisobotda bölajak saylovlar Şavkat Mirziyoyevning 2016 yilda mamlakat prezidenti etib saylanganidan beri birinçi marotaba ötkazilayotgani va ular «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» şiori ostida taşkillaştirilayotgani, Taraqqiyot strategiyasini amalga oşirişda muhim bosqiç ekani qayd etilgan.
Demokratik özgarişlarda parlament va siyosiy partiyalarning rolini kuçaytiriş, davlat boşqaruvi tizimini isloh qiliş, qonun ustuvorligini ta'minlaş, sudlarning mustaqilligi, inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş singari muhim yönalişlar keltirilgan.
YeXHT Missiyasi öz hisobotida bölajak saylovlar yangilangan huquqiy tizim doirasida ötkazilişini ta'kidlaydi. Oldindan taqdim etilgan YeXHT DIIHB tavsiyalariga mos keladigan saylov qonunçiligidagi yangiliklar ijobiy qayd etilgan, xususan:
- bir neça marotaba ovoz berişni istisno etuvçi saylovçilar yagona elektron röyxati tatbiq etilişi;
- Ekologik harakat uçun Qonunçilik palatasidagi deputatlik örinlari uçun kvotalar bekor qilinişi;
- saylovçilarga bittadan ortiq siyosiy partiyalarning saylovda qatnaşişini qöllab-quvvatlaş uçun imzo qöyiş huquqining berilişi;
- saylov okruglaridagi saylovçilar sonining maksimal farqi 10 foiz darajasida belgilanişi;
- ijtimoiy xavf tuğdirmaydigan, unça oğir bölmagan jinoyati uçun jazoni ötayotgan şaxslarga saylovda ovoz beriş huquqining berilişi.
Markaziy saylov komissiyasining işi ijobiy körinişda taqdim etilgan. Ta'kidlanişiça, MSK a'zolarining soni 16 nafardan 21 nafargaça, ayollar soni 3 nafardan 7 nafargaça köpaydi. YeXHT DIIHB Missiyasi MSK saylovlarni ötkaziş tartibi va muddatlariga rioya qilayotganini bildirgan. MSK saytida doimiy ravişda yangilanib turadigan ma'lumotlarning köpligi e'tiborga olingan.
1999 yildan beri birinçi marotaba DIIHB hisobotida saylovoldi taşviqoti mohiyati keskin tanqid qilinmadi, u avvalgi yillarda «söngan» va «deyarli sezilmaydigan» deb baholangan.
DIIHBning tan olişiça, Xalqaro matbuot markazi birinçi marta beşta siyosiy partiya vakillari örtasida debatlarni taşkillaştirmoqda, ular jonli efirda namoyiş qilinmoqda. Ta'kidlanişiça, saylovoldi taşviqotining eng közga köringan şakli ijtimoiy tarmoqlar, xususan Facebook va Telegram’dan foydalaniş hisoblanadi. «Mustaqil şarhlarning eng muhim manbai deb hisoblanadigan blogerlarning faolligi»ga urğu berilgan.
Bundan taşqari, YeXHT DIIHB hisobotida fuqarolarni özini özi boşqariş organlariga birinçi marta saylovlarni kuzatiş huquqi berilgani, quyi palataga vazirlar nomzodlarni tasdiqlaş vakolatini beriş orqali parlament rolining kuçaytirilgani, NNTlarga qulay şaroit yaratilgani, deputatlikka nomzodlar orasida ayollarning uluşi 41 foizgaça va boşqa millat vakillarining uluşi 8,4 foizgaça oşgani haqida ma'lumotlar bor.
Şu bilan birga, Missiya oraliq hisobotida yiğilişlar, uyuşmalar tuziş va söz erkinligining asosiy huquqlari hamda erkinliklarini ta'minlaşni davom ettiriş muhimligi böyiça tavsiyalar mavjud.
Deputatlikka mustaqil nomzodlar körsatiş institutini joriy etiş orqali fuqarolarning saylov huquqlarini kengaytiriş zarurligiga e'tibor qaratildi.
Siyosiy partiyalarning saylovoldi taşviqotini, şu jumladan, jamoat joylarida, partiyalar va ularning nomzodlari töğrisidagi reklama plakatlarini joylaştiriş orqali olib boriş, şuningdek, saylov kampaniyasining kölamini ta'minlaş uçun internetdan foydalaniş maqsadga muvofiqligi töğrisida fikrlar bildirilgan.
YeXHT DIIHB Missiyasining xulosalarida ta'kidlanişiça, jurnalistlar munozaralar paytida kötarilgan siyosiy masalalarni muhokama qiliş, siyosiy partiyalar, ular nomzodlarining saylovoldi dasturlari mazmun-mohiyatini tahlil qiliş va oçib beriş böyiça işlarni kuçaytirişi kerak.












