2020 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, 2020 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va eksport hajmlarini yanada oshirish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli, moyli va ozuqa ekinlarini oqilona joylashtirish, intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish hamda mahsulot yetishtiruvchilarning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida qabul qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining takliflarini inobatga olib, quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yil hosili uchun asosiy maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda asosiy maydonlarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yil hosili uchun asosiy maydonlarga sabzavot ekinlarini ekish muddatlari bo‘yicha joylashtirish ko‘rsatkichlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda asosiy maydonlarga ekiladigan sabzavotlardan yetishtiriladigan mahsulotlar prognoz ko‘rsatkichlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yil hosili uchun bog‘ va tok qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda bog‘ va tok qator oralarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz hajmlari;
2020 yil hosili uchun lalmi maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;
2020 yilda lalmi maydonlardan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari prognoz ko‘rsatkichlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda foydalanishiga kiritiladigan yerlarda shotut va balx tut plantatsiyalari tashkil etish ko‘rsatkichlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda asosiy maydonlarda, bog‘ va tok qator oralari hamda g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallari hajmlari va zarur mablag‘lar hisob-kitobi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan ta'minlanganligini inobatga olgan holda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari konturlar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘liq ekilishini, agrotexnika tadbirlari o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil etadi;
sug‘oriladigan ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek, paxtachilik-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida ilmiy-innovatsion yondashuv mexanizmlari asosida beda almashlab ekish tizimini joriy etadi;
“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda mahsulot yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, ta'minotchi, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, savdo xarid tashkilotlari o‘rtasida mahsulot yetkazib berish va xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzish ishlarini yakunlaydi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ekinlarining serhosil, tezpishar va eksportbop navlarini tanlashda ko‘maklashadi va sifatli urug‘liklar bilan ta'minlash choralarini ko‘radi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda “in-vitro” sharoitida viruslardan holi bo‘lgan sog‘lom fitosanitar toza mevali daraxt va tok ko‘chatlari yetishtirish hajmlarini oshirgan holda 2020 yilda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etadigan fermer xo‘jaliklariga belgilangan tartibda mevali daraxt va tok ko‘chatlari yetkazib berishni tashkil etadi.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2020 yil hosili uchun asosiy va takroriy maydonlarga, bog‘ va tok qator oralariga ekiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish mavsumi yakuni bilan o‘lchovdan o‘tkazib boradi va natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.
Suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda vegetatsiya davrida ajratilgan suv limitlari doirasida qishloq xo‘jaligi ekinlari turlarining suvga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda sug‘orish grafiklari asosida o‘z vaqtida suv bilan to‘liq ta'minlaydi.
“O‘zagrokimyohimoya”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining belgilangan ekin maydonlariga mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallarini belgilangan tartibda birja savdolari orqali yetkazib berishni;
asosiy va takroriy maydonlarga, bog‘-tok qator oralariga ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘ va tokzorlarni kasallik, zararkunanda va begona o‘tlardan himoya qilish uchun zarur kimyoviy preparatlar zaxirasi yaratilishini va agrokimyo xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etadi.
Mavzuga oid
20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi
19:07 / 07.11.2024
2025 yilda kanallarni betonlashtirishga 800 milliard so‘m ajratiladi
18:21 / 07.11.2024
Prezident suv ta’minoti og‘ir tumanlarda sug‘orishni «aqlli tizimga» o‘tkazishni buyurdi
20:28 / 01.11.2024